Bir jinoyat ikkinçisini foş qildi. Keyingisi unça-munça tasavvurga siğmaydigan qilmiş bölib çiqişi hatto tergovçilarning xayoliga kelmagan bölsa kerak.
Voqelikka köra, tuman IIB huzuridagi tergov bölimida öttiz töqqiz yoşli M. T.ga (muqaddam sudlangan) oid jinoyat işi (105-modda, qasddan badanga şikast yetkaziş) astoydil tergov qilayotgandi. Ayblanuvçi nima sababdan özidan yigirma yoş katta jabrlanuvçini temir bölaklari bilan urganini tuşuntirib berolmaydi. U deb köradi-bu deb köradi, biroq gaplari heç yopişmaydi.
Oxiri hammasini tan oladiki, natijada u şunçaki zöravon emas, balki nönoq «killer» ekani foş böladi. Yaʼnikim, M. T. jabrlanuvçining qizi tomonidan 15 ming AQŞ dollari evaziga yollanib, kelişuvga köra, uni (jabrlanuvçini) öldirişi kerak edi. Biroq jabrlanuvçiga örtaça oğirlikda şikast yetkazişga ulguradi, xolos.
Şu tariqa qözğatilgan jinoyat işi qözğatiladi, tergov jarayonida esa odam öldirişga qilgan harakat nihoyasiga yetmay qolgani aniqlanib, ayblanuvçining xatti-harakatlari Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi «p» bandiga (odam öldirişga suiʼqasd qiliş) qayta malakalanadi. Vaziyatning keskin özgarib ketişi esa jabrlanuvçining qizi va şu işga aloqador boşqalarni ham qölga olişiga olib keladi.
Xabar.uzning manbasiga köra, qizning (1987 yilda tuğilgan) odam yollab otasini jismonan yöq qilişga urinişi ikki örtadagi mulk mojarosiga taqalişi aytilmoqda.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.









