Xyuston politsiyasi boşliği Trampga «oğzini yumiş»ni maslahat qildi

Xyuston politsiyasi boşliği Trampga «oğzini yumiş»ni maslahat qildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 iyunda barça ştatlar gubernatorlari bilan telefon orqali suhbatda ulardan mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyişlarida “ustunlik qilişni” talab qildi. 

“Agar siz ustun bölmasangiz, unda behuda vaqt ketkazmoqdasiz”, deb aytgan Tramp. 

Xyuston politsiyasi boşliği Art Asevedo CNN telekanaliga intervyuda Trampga uşbu sözlari uçun “oğzini yumiş”ni tavsiya qildi. Bu haqda TheQuint portali xabar berdi. 

“Menga AQŞ prezidentiga barça politsiya boşliqlari nomidan buni aytişga ijozat bering: iltimos, agar biror jöyali rejangiz bölmasa, yaxşisi oğzingizni yuming”, deb aytgan politsiya boşliği.

“Gap ustunlik qilişda emas, qalblar va onglarni egallaşda”, deb qöşimça qilgan Asevedo.

U, şuningdek, Trampdan yoşlarning hayotini xavf ostiga qöymaslikni iltimos qilgan. 

AQŞda afroamerikalik Jorj Fldoyning ölimidan keyin boşlangan noroziliklar kuçaygaç, bir neça politsiyaçilar Floydning öldirilişini qoralab, namoyişçilarga qöşilgan. Şuningdek, köplab gubernatorlar Trampning “ustunlik qilişga” çaqiriğini rad etişgan.  

Bu orada Tramp namoyişçilarni ularga qarşi harbiy kuç qöllanişidan ogohlantirgan. 

https://twitter.com/camanpour/status/1267531481322262528

manba: Kun.uz

×