Eron Trampga bilvosita ölim bilan tahdid qildi

Eron Trampga bilvosita ölim bilan tahdid qildi

Eron AQŞ Prezidenti Donald Trampga bilvosita ölim bilan tahdid qildi. Bu haqda Eronning nufuzli diniy ulamosi Nosir Makarim Şeroziy 29 iyun kuni bergan bayonotida söz oçdi. 

Şeroziyning eslatişiça, Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga tahdidlar ölim bilan jazolanişi kerak, bu bayonot esa Trampga qaratilgan edi. 

Şeroziyga köra, islomiy hokimiyatga qarşi uruş oçganlar yoki diniy rahbarlarga tahdid qilganlar “Allohga qarşi uruş oçgan duşmanlar” hisoblanadi. Bunday odamlarni “jazoga tortiş musulmonlarning burçi sanaladi”. U Trampning ismini töğridan töğri tilga olmagan bölsada, bu bayonot aynan Trampning sözlariga javob sifatida berilgan.

Şu bilan birga, Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Majid Taxt-Ravonçiy AQŞ bilan Eronning yadroviy dasturi yuzasidan muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirgan, ammo bu faqat AQŞ Eronni bombardimon qiliş tahdidlaridan voz keçsa mumkin bölişini aytgan. Uning sözlariga köra, Tramp maʼmuriyati ayrim vositaçilar orqali Eron bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan, lekin AQŞning hujumlar borasidagi pozitsiyasi aniq emas.

Ravonçiy, şuningdek, Eron tinç maqsadlarda uran boyitiş huquqiga ega ekanini taʼkidlagan va Eron yaşirinça yadroviy bomba tayyorlayotgani haqidagi ayblovlarni rad etgan. 


×