Davlat sirlarini oşkor qilganlikda ayblanib, qamalgan özbekistonlik Sobiq Farğona IIBB boşliği AQŞ prezidenti Donald Trampdan yordam sörab maktub yozdi, deb xabar beradi CA-News.
Farğona viloyati sobiq IIB boşliği, militsiya mayori Dilmurod Madaliyev AQŞ prezidenti Donald Trampga 19 avgustda yozgan maktubida «nohaq jazoga tortilganidan» arz qildi. U 2011 yilda «davlat sirlarini oşkor qilişda» ayblanib 8 yilga qamalgan edi.
Qayd etilişiça, sobiq IIB boşliği öz maktubida joriy yilda jazoga tortilgan prokuratura amaldorlarining qurboni bölganini iddao qilgan. Madaliyev AQŞ prezidentidan özi ustidan çiqarilgan sud hukmi bekor qilinib, nomi oqlanişiga taʼsir körsatişni söragan.
Dilmurod Madaliyev AQŞ prezidentiga maktub yozişdan oldin Özbekiston huquq-tartibot organlari va sud organlariga 300 marta murojaat qilişiga qaramay, javob ololmaganini aytgan.
2011 yil boşida Farğona şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlangan Madaliyev joriy yilning may oyida Jinoyat kodeksining 162-moddasida (Davlat sirlarini oşkor qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan. U sud hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Madaliyev şu muddatdan 6 yilini ötab, ozodlikka çiqqan.
Naşrning yozişiça, ayblov xulosasida Madaliyev maxfiy hujjatlarni öz qöl ostidagi xodimga iznsiz körsatganligi uçun ayblangan. Bu hujjatlarda qanday maxfiy maʼlumot borligi ayblov hujjatida keltirilmagan.
Madaliyev esa Farğona şahar IIBda heç qanday maxfiy hujjatlar bölmagani va bu ayblov tuhmat ekanligini aytgan. U özini prokuratura xodimlari qurboni hisoblaşini aytgan.
Taʼkidlanişiça, Madaliyevga qarşi ayblovni ilgari surib, uning uzoq muddatga qamalişini «taʼminlagan» prokuratura xodimlari joriy yilda korruptsiya, poraxörlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilganlikda ayblanib jazoga tortilgan. Xususan, joriy yilning iyunida Özbekiston prokuraturasi sobiq amaldorlari — Uluğbek Sunnatov 19 yilga, Uluğbek Xurramov 14 yilga, Jamşid Fayziyev 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şuningdek, Oliy sud raisining sobiq örinbosari Bahodir Dehqonov hibsga olinib, sudga tortilgan.
Dilmurod Madaliyevning «jinoyat işi»ga oid hujjatlarda aynan şu şaxslarning imzolari mavjud. Madaliyev «bu mulozimlarning poraxörligi va maişiy buzuqligi haqidagi maʼlumotlarga ega bölgani bois, ularning öç oliş nişoniga aylanganini» aytgan.
Bu mulozimlarga Farğonadagi huquq-tartibot xodimlari har oy katta miqdorda pul töplab berib turganidan Madaliyev xabardor bölgan.
Maʼlum qilinişiça, Madaliyev bu amaldorlarning jazolangani adolat tantanasi bölganini taʼkidlagan. Ammo ular öç oliş uçun qamatgan odamlarning işi qayta körib çiqilmagani bu adolatga soya solayotganini aytgan.
Xabarda aytilişiça, Özbekiston Oliy sudining Dilmurod Madaliyevga uning şikoyati yuzasidan bergan javob xatida «Sud qarorini özgartiriş uçun asoslar majvjud emasligi» aytilgan. Ayni mazmundagi xulosani Özbekiston Boş prokuraturasi ham bergan.
Madaliyevning aytişiça, uning maktubiga AQŞ prezidenti Donald Trampdan hali javob kelmagan.
Manba: Xabar.uz









