Portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu AQŞ Prezidenti Donald Trampga imzosi tuşirilgan futbol formasini sovğa qildi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Qayd etilişiça, futbolkani Yevropa Kengaşi prezidenti, portugaliyalik Antoniu Koşta keça, 16 iyun kuni G7 sammiti ötayotgan Kananaskis şaharçasida (Kanada) Trampga topşirgan.
“Prezident Donald J. Trampga – Tinçlik uçun öynaymiz”, deb yozgan Ronaldu futbolkaga.
Antoniu Koşta ham tarmoqda futbolkaning hamda uni Trampga topşirayotgani aks etgan suratlarni eʼlon qilib, unda yozilgan xabarni ham yaqin planda körsatgan.
“Prezident Trampga. Tinçlik uçun öynaymiz. Jamoa sifatida”, deb izoh qoldirgan Koşta.
Trampning matbuot kotibi yordamçisi Margo Martin uşbu sovğa topşirilgan lahzani videoga olib, tarmoqlarda bölişgan. Videoda Antoniu Koşta Trampga futbolkada “maxsus xabar” borligini aytadi. Xabarni öqib eşittirgaç, Tramp şunday deydi: “Oh, bu menga yoqdi. Tinçlik uçun öynaymiz. Zör!”
Maʼlumot uçun, 40 yoşli Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” şarafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u 41 öyinda maydonga tuşib, 35 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.









