Mehnat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği ayol kişini haqorat qilgan audioga munosabat bildirdi.
Maʼlum bölişiça, vazirlik tomonidan ovozli xabardagi holat yuzasidan örganiş işlari olib borilgan.
Aniqlanişiça, xabardagi ovoz Andijon viloyati Bandlik Boş boşqarmasi boşliği A.Mamayusupovga emas balki, viloyat Bandlik Boş boşqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi boşliği F.Muhammadjonovga tegişli ekanligi aniqlangan.
Örganiş natijalariga köra, Andijon şahar Aholi bandligiga kömaklaşiş markazining sobiq xodimasi X.Jörabekova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 aprel kungi PQ-5053-sonli “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullaştiriş va ştat birliklari sonini qisqartiriş töğrisida»gi qarori talablari asosida Mehnat Kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan 2021 yil 4 iyul kunidan bekor qilingan.
Andijon viloyat Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi boşliği F.Muhammadjonov uning noqonuniy xatti-harakatlarini töxtatmoqçi bölgan vaqtida nizo kelib çiqqan.
Uşbu nizoli holat yuzasidan şu kunning özida tegişli ravişda dalolatnoma rasmiylaştirilib, huquqiy baho berişlik uçun Andijon şahar IIBga ariza bilan murojaat qilingan hamda holat yuzasidan hozirda Andijon şahar IIB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









