Koronavirus: 15-bemor vafot etdi

Koronavirus: 15-bemor vafot etdi

Koronavirus infektsiyasiga çalingan bemor öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar qildi.

1957 yilda tuğilgan poytaxtlik X. da şu yilning 30 may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoşli (ayol) bemor şu yilning yanvar oyida boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi (insult) taşxisi bilan davolangan. 

Bemorning  davolanişi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining  mutaxassislari  nazoratida bölgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar ötkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog,  reanimatologlarning  belgilangan standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan bemor  boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi, öpka-yurak yetişmovçiligidan  vafot etdi.

×