Bemor öpka va yurak yetişmovçiligidan vafot etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar qildi.
Toşkent viloyati Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaro Ş. şu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali oğir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Unga barça zarur muolajalar körsatilgan. Şu yilning 31- mart kuni bemorga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga ötkazilgan. Zudlik bilan amalga oşirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infektsiyasi borligini tasdiqlagan.
40 yoşli bemor uşbu klinikaning reanimatsiya bölimida sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan.Davolaniş davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibayev rahbarligida Soğliqni saqlaş vazirligi boş pulmonologi, professor I. Liverko, yetakçi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov iştirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan taşqari, davolaş standartlariga muvofiq, virusga qarşi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.
Biroq qator soha mutaxassislarining ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan keça oqşom bemorning ahvoli keskin yomonlaşgan.Yetakçi reanimatolog va boş torakal xirurg Ş. Xudoybergenov boşçiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni töliq bajarilişiga qaramasdan bemor Ş.da yurak va öpka yetişmovçiligi sabab yurak faoliyati töxtaşi kuzatilgan, - deyiladi axborotda.









