23-ölim. Özbekistonda yana bir bemor vafot etdi

Özbekistonda koronavirus sabab navbatdagi ölim holati qayd etildi. Mamlakatda uşbu virusdan ölim holatlari 23 taga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda. 

Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan M.S. koronavirus infektsiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlaşmasidan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib kelingan. 

U “Yurak işemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, öpka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetişmovçiligi 3-daraja” taşxisi bilan reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, sönggi 8 yil davomida yurak işemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetişmovçiligi taşxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanişi davomida  kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi şifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi  şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham   nazoratida bölib, ular iştirokida  konsiliumlar ötkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgan. 

×