Kelajakda sodir böladigan voqealarni bilişga intiliş baʼzi insonlarga tinçlik bermaydi. Bu köpinça ularning ojizliklari yoki eʼtiqodining sustligidan darak beradi. Şunday insonlar köpinça munajjimlar başoratiga işoniş, folbinlarga boriş va ularning gaplariga işonişga moyil böladilar.
Bugungi kunda koronavirus ularning barçasidagi yolğonçilik, közböyamaçilik va kazzoblikni oçib taşladi. Munajjimlar, folbin va romçilarning asl başarasini namoyon qildi. Dunyodagi eng maşhur va “işonçli” munajjim va folbinlarning YouTube dagi 2020 yilga turli burjlar uçun ham, umumiy başoratlarini ham körib çiqdik. Tabiiyki, ulardan birortasi ham 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarining qulaşini, na fond bozorlaridagi şönğişni başorat qilgan.
Barçasida faqat safsata va voqelikdan mutlaqo yiroq narsalar töğrisida gap borgan.
Şu sababli, uşbu murojaat nafaqat sizga, balki munajjim, folbin va romçilarning töriga ilingan va ularga hamon işonadigan insonlargadir: uşbu pandemiya haq va botilni oçiq ajratuvçi, kazzoblarning yolğonlarini foş qiluvçi bir soat böldi. Bilingki, kelajak va ğaybni bilişga intiliş iymondan ayiradi, taşviş, havotir, iztirob va umidsizliknigina ziyoda qiladi.
Aqldan ozgan odamdek turli yolğonlarga işonmang, insoniy obrö va şaʼningizni saqlang. Bilingki, halokatga uçrayotgan samolyotdagi insonlarning burjlari turliça böladi, lekin hammasi birga vafot topişi mumkin.
Alloh taolo ğaybni faqat Özi bilişi haqida bir neça oyatlarda marhamat qilgan:
«Ğaybning kalitlari Uning huzurida bölib, ularni uning Özidan boşqa heç kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tuşmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, hölu quruq bormi – barçasi oçiq kitobda bordir» («Anʼom» surasi, 59-oyat).
Uşbu oyati karimadan Alloh taoloning ilmi çeksizligi va bu ilm öziga xos yagona vasfga ega ilm ekani bilib olinadi. Bu ilmning boş sifatlaridan biri:
«Ğaybning kalitlari Uning huzurida bölib, ularni Uning Özidan boşqa heç kim bilmas».
«Ğayb»–insondan ğoyib hodisalar, inson sezgi aʼzolari bilan his eta olmaydigan, biliş imkonlari bilan idrok qila olmaydigan hodisalar. Inson özining neçoğlik bilimdonligi bilan ğururlanmasin, uning bilganidan bilmagani köp bölib qolaveradi. Öşa ğoyib narsalarni bilişda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bölsa, ilohiy vahiydir. Qolgan barçasi taxmin va gumonlardan boşqa heç narsa emas.
Ayting: «Haqiqat keldi va botil yöqoldi. Çunki botil narsa yöqoluvçidir» (Isro surasi, 81-oyat).
Manba: azon.uz









