Koronavirus! Özbek sanʼatkorlari 352 mln sömdan ortiq mablağni xayriya qildi

Koronavirus! Özbek sanʼatkorlari 352 mln sömdan ortiq mablağni xayriya qildi

Ayni kungaça köplab soha vakillari koronavirusga qarşi kuraşga öz hissalarini qöşişgan edi. Endigi navbat sanʼatkorlarga yetdi. "Özbekkontsert"ning maʼlum qilişiça, özbek sanʼatkorlari 352 mln sömdan ortiq mablağni xayriya qilişgan.

“Hozirgaça Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Uluğbek Rahmatullayev, Mavluda Asalxöjayeva, Hosila Rahimova, Alişer Turdiyev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Saʼdulla Abdullayev hamda boşqa sanʼatkorlar tomonidan “Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming söm hamda kam taʼminlangan oilalar va aholining boşqa yordamga muhtoj qatlami uçun 152 million söm, umumiy hisobda 352 million 500 ming söm xayriya mablağlari yönaltirilgan”, deyiladi xabarda.

×