Uka oilasini "şarmanda qilgan" opasining qotiliga aylandi

Uka oilasini "şarmanda qilgan" opasining qotiliga aylandi

Model va bloger Kandil Baloçning ukasi, "öz opasini öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Muhammad Vasimning advokati Sardar Mehbubning sözlariga köra, u sud mahkamasi himoyasiga şikoyat qiladi. Qolgan olti sudlanuvçi, şu jumladan marhumaning yana ikki aka-ukasini ham aybdor emas deb topildi.

Kandil Baloç (haqiqiy ismi — Fauziya Azim) ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tufayli şuhrat qozondi. Qiz özi kuylagan va raqsga tuşgan fotosuratlar va videolarni joylaştirdi. Baloç özini "patriarxal fikrli jamiyatda" ayol huquqlari uçun kuraşçi sifatida körsatdi.

Baloçga suiqasd 2016 yilning iyulida yuz bergan. Tergov maʼlumotlariga köra, Vasim opasining oğzi va burunini berkitib, uning nafas olişini töxtatib qöygan. Vasim aybini tan oldi. Uning sözlariga köra, opasi ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan oilasini "şarmanda qildi".                           

Kandilning otasi sözlariga köra, qizi Instagram`dagi postlari uçun olingan pulning bir qismini Vasimga berib yurgan va ukasi bu pullarni mamnuniyat bilan qabul qilib kelgan.

2016 yilda modelning suiqasdidan keyin Pokiston Parlamenti "şarafli qotilliklar" ga qarşi qonun loyihasini qabul qildi. Qonunda bunday jinoyatlar uçun yanada qattiqroq jazo tayinlandi. Qonunga köra, qarindoşlar qotili faqat ölim jazosidan qutulişi mumkin.

Manba: Aniq.uz

×