Agar şoşilinç çeklov çoralari körilmasa, Yevropada 2022 yil martigaça koronavirusdan yana 500 ming ölim qayd etilişi mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge BBC’ga maʼlum qilgan.
U himoya niqoblarini taqişni davom ettiriş, emlaş tezligini oşiriş, asosiy soğliqni saqlaş çoralariga rioya qiliş va yangi davolaş usullarini joriy etişga çaqirgan.
Klyugening taʼkidlaşiça, tarqaliş ortida qiş mavsumi, emlaşning yetarli darajada emasligi va yuqumliroq “Delta” variantining mintaqaviy yetakçiligi kabi omillar yotadi.
Doktor Klyugening aytişiça, majburiy emlaşga “muhim çora” sifatida qaraş kerak, ammo hozir bu masala böyiça “huquqiy va jamoatçilik muhokamasi” ötkazişning ayni vaqti.
Taʼkidlanişiça, sönggi kunlarda bir qator Yevropa mamlakatlari rasmiylari kasallanişning köpayişi sababli koronavirusga qarşi çeklov çoralarini kuçaytirgan. Avstriyada 22 noyabrdan boşlab umumiy lokdaun eʼlon qilingan. U COVID-19 ga qarşi emlaş majburiy bölişini eʼlon qilgan birinçi Yevropa davlati hisoblanadi. Mamlakatda yangi qoidalar fevral oyidan kuçga kirişi kerak, çunki çora qanday qöllanilişi tafsilotlari hali ham muhokama qilinmoqda.
Köplab boşqa Yevropa davlatlari ham holatlar soni ortib borayotganligi sababli yangi çoralar körmoqda. Çexiya va Slovakiya emlanmagan odamlarga yangi çeklovlarni eʼlon qilgan.
Germaniyada Soğliqni saqlaş vaziri Yens Span vaziyatni “mamlakatda favqulodda holat” deb taʼriflagan.
Buyuk Britaniya hukumati doimiy ravişda Angliya uçun yangi izolyatsiya joriy etiş rejasi yöqligini aytib kelgan, lekin mamlakatda baʼzi yopiq joylar uçun majburiy COVID pasportlari, baʼzi hududlarda majburiy yuz niqoblari va uydan işlaş böyiça maslahatlarni öz içiga olgan qöşimça çoralarni kiritişi mumkinligini taʼkidlangan.









