Koronavirus özbekistonlik UFC jangçisiga tösqinlik qildi

Koronavirus özbekistonlik UFC jangçisiga tösqinlik qildi

Özbekistonlik UFC jangçisi Saidyoqub Qahramonovning navbatdagi jangi bekor qilindi. Saidyoqub 16 yanvar kuni UFC Vegas 46 turnirida amerikalik Brayan Kellexerga qarşi jang qilişi kerak edi. Ammo Qahramonovda koronavirus aniqlangani tufayli jang bekor qilindi.

Maʼlumot örnida, Qahramonov MMA’da 11 ta jang ötkazib, 9 ğalaba, 2 mağlubiyat qayd etgan. Uning 35 yoşli raqibi esa 23 ta jangda ğalaba qozonib, 12 marta mağlubiyatga uçragan.

Avvalroq, uşbu turnirda jang ötkazişi kerak bölgan yana bir özbekistonlik jangçi Zarruh Adaşev ham qölidan olgan jarohati tufayli, turnirda iştirok eta olmasligi maʼlum bölgan edi.

×