Aprel oyi oxiri va mayning boşida Human.uz sayti jurnalistlari ketma-ket içki işlar organlari xodimlarining bosim va tazyiqlariga uçragani xabari berilgandi.
Avvaliga sayt boş muharriri Xurşid Daliyev tadbirkorning intensiv boği atrofiga örnatilgan tösiq sud qarorisiz, mutasaddilar buyruği bilan buzilayotgani haqidagi murojaatni örganiş çoğida Toşkent tumani IIB mansabdorlarining bosimiga duç keladi.
Ayni voqelik hali sovub ulgurmay, mazkur sayt xodimlari «Sardoba» töğoni öpirilişi oqibatida evakuatsiya qilingan aholi haqida reportaj tayyorlayotgani jarayonida Guliston şahar IIB xodimlarining tazyiqiga uçraydi.
Bugun Boş prokuratura matbuot xizmati har ikki holat yuzasidan ötkazilgan örganişlar natijalari haqida maʼlum qildi.
Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning «Xabar.uz»ga aytişiça, Toşkent tumanida röy bergan holat böyiça Içki işlar vazirligi ötkazgan xizmat tekşiruvi xulosasiga köra Toşkent tuman 10-sonli IIB boşliği Yo.Komilov intizomiy jazoga tortilişi körib çiqilişi belgilandi.
Gulistonda yuz bergan ikkinçi holat yuzasidan ham xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Uning natijasiga köra Guliston şahar IIO FMB 2-son IIB boşliği J.Şodmonqulovning xatti-harakatlari içki işlar organlarining intizomiy kengaşida körib çiqiladigan böldi.
Bundan taşqari ötkazilgan har ikki xizmat tekşiruvi xulosasi bilan içki işlar organlari xodimlari tomonidan bu kabi holatlarga kelgusida yöl qöymasligi böyiça tegişli çora-tadbirlarni belgilangani alohida qayd etiladi Boş prokuratura javobida.
IIB mansabdoriga qanday intizomi jazo qöllangani haqida hozirça maʼlumot yöq.
Bu haqda IIV matbuot xizmati rahbari Şohruh Ğiyosov bayonot berar balki?!
Şu örinda eslatib ötiş kerak, X.Daliyev bilan Toşkent tumanida yuz bergan voqelikdan sanoqli kunlar ötib, Toşkent viloyati hokimligi va viloyat IIBB axborot xizmatlari qöşma bayonot berib, jurnalistga bosim ötkazilganini astoydil inkor qilişgan edi. Boş prokuratura maʼlumotlari esa, körib turganingizdek, ularning inkorini bir zarb bilan yöqqa çiqarmoqda. Voqealar rivojining ayni nuqtasi ham jiddiy eʼtibor talab qiladi. Zero, vaziyatni xaspöştlaş yolğon axborot tarqatiş bilan barobar. Bu esa yaxşigina huquqiy oqibat keltirib çiqarişiga taʼkid şart bölmasa kerak.
Eslatib ötamiz, keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan tez-tez turli şakldagi bosim, tazyiq, hatto oçiqdan oçiq hujumlar ham bölmoqda.
Oxirgi qirq kun davomida yuqoridagi ikki holatdan taşqari Farğonada jurnalist Şarifa Madrahimova Uçköprik tumani hokimligi vakili va tuman IIB xodimining bosimiga duç keldi (buning natijasida hokimlik xodimi işdan ketdi). Köp ötmay yana Farğona «Effect.uz» sayti xodimlari nomaʼlum şaxslar hujumiga uçradi. Hozirda hujum qilganlarning şaxsi aniqlanib, ularga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.









