Ijtimoiy tarmoqlarda “OILANG BILAN QÖŞIB, YÖQ QILAMIZ DEYIŞDI!” – NAMANGANDA TADBIRKORNING HAYOTI XAVF OSTIDA” sarlavhasi bilan joylaştirilgan Çortoq şahar, “A.Navoiy” MFYda yaşovçi Usmanov Malikjon Mahmudoviçning videomurojaati yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy maʼlumoti.
Murojaat yuzasidan olib borilgan örganişlar natijasida quyidagilar aniqlandi:
Çortoq tumani, “Navoiy” MFYda yaşovçi fuqaro M.X. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda, 2020 yil aprel-may oylari davomida tanişi fuqaro M.M.Usmanov unga Namangan şahri, “Daştboğ” MFY, Ğirvonsoy köçasi, 11-uyda joylaşgan “Rover mars” MÇJ quriliş işlari uçun pul kerakligini, avtomaşina bersa sotib qurilişga sarflaşini va barça pullarini 05.07.2020 yilda qaytarişligini aytib, undan 10.500 AQŞ dollariga “Kobalt” rusumli, 9.200 AQŞ dollariga “Neksiya-3” rusumli va 30.000 AQŞ dollariga 2 dona “Malibu-2” rusumli transport vositalarini olib, özgalarga sotib yuborib, jami 49.700 AQŞ dollari pullarini bermasdan, ehtiyojlariga sarflab yuborganligini maʼlum qilib, pul mablağlarini undirişni söragan.
Şuningdek, Çortoq tuman, “Mustaqillik şox” köçasida yaşovçi F.J ham IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 20 dekabr kuni Çortoq tumanida yaşovçi tanişlari M.Dehqonbayev, M.Usmanov va Ş.Usubjanovlar 1 oy muddatda qaytarib beriş şarti bilan 20.000 AQŞ dollari pul mablağlarini olib, hozirga qadar qaytarib bermasdan kelayotganliklarini maʼlum qilib, pul mablağlarini undirişda amaliy yordam söragan.
Mazkur holat yuzasidan Çortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 08.12.2020 yilda M.Usmanovga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqaro M.Usmanovning ijtimoiy tarmoqlar orqali yöllagan murojaatida körsatilgan barça holatlar tegişli tergov harakatlarini ötkaziş yöli bilan örganilib, huquqiy baho berilişi taʼminlanadi.
Namangan viloyat IIB tomonidan fuqarolarning har bir murojaatlari yuzasidan xolisona va tölaqonli tekşiruvlar ötkazib, qonuniy qarorlar qabul qilinişi rahbariyatning aloxida nazoratida ekanligini hamda aholi uçun oçiq va şaffofligini eslatib ötamiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









