Xorazmda kommunal xöjaligi mansabdori $1000 pora bilan uşlandi

Xorazmda kommunal xöjaligi mansabdori $1000 pora bilan uşlandi

Xorazm viloyati Qöşköpir tumani quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boşliği fuqaroning noturar binosini turar joy toifasiga ötkazib berişni vaʼda qilib, 1 000 AQŞ dollari talab qilgan va pulning bir qismini olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tezkor tadbir Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tergovga qadar aniqlangan holatga köra, bölim boşliği R. A. fuqaro J. P. ga uning noturar binosini turar joy sifatida rasmiylaştirib berişini aytgan. Bu işni viloyat quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasida işlaydigan tanişlari orqali hal qilib berişini vaʼda qilgan.


Buning evaziga u 1 000 AQŞ dollari söragan. R. A. kelişilgan mablağ hisobidan 700 AQŞ dollari va 3,6 mln sömni olgan paytda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan R. A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×