«Özenergoinspektsiya» mansabdori 50 ming dollar pora bilan qölga olindi

«Özenergoinspektsiya» mansabdori 50 ming dollar pora bilan qölga olindi

U tekşiriş ötkazilgan «zapravka»ga litsenziya beriş, 2024 yilda nazorat tekşiruvidan oldin xabar berişi uçun 100 ming dollar talab qilgan.


Şu yilning 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.

Unda «Özenergoinspektsiya» Buxoro viloyati boşqarmasi mansabdor şaxsi S.A. pora olganlikda ayblanib uşlangan. C.A. I.G.A.S. MÇJga qaraşli AYOQŞda ötkazilgan tekşiriş yakuni böyiça mazkur şoxobça faoliyatini tiklab beriş, B.A.Y.Q. MÇJga qaraşli AYOQŞga faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya beriş, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekşiriş eʼlon qilinganda, unga oldindan xabar beriş evaziga 100 ming AQŞ dollari pora talab qilgan.

Buxoro şahar tuğruq kompleksi yonida kimyoviy işlov berilgan 50 ming AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida uşlangan.

Mazkur holat böyiça S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibida uşlangan. Hozirda jinoyat işi böyiça Buxoro viloyati prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Soliq idoralarining bir neçta mansabdor şaxslari hibsga olingani xabar qilingandi.

Teglar:
×