Jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanişi kutilmoqda

Jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanişi kutilmoqda

Özbekistonda jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş va unga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanişi kutilmoqda. Uşbu javobgarlikni nazarda tutuvçi qonun loyihasi allaqaçon tayyor bölgan va joriy yil oxirigaça qabul qilinişi kutilmoqda. Bu haqda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov keça, 10 noyabr kuni Toşkentdagi Milliy matbuot markazida “Söz va matbuot erkinligini taʼminlaş borasidagi islohotlar mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi” mavzusida ötgan anjumanda QALAMPIR.UZ muxbiriga maʼlum qildi. 

“Men sizga şuni xabar qilib aytmoqçimanki, bugun öşa qonun loyihasi tayyorlandi. Biz keça dastlabki bosqiçda bir guruh jurnalistlar iştirokida qonun loyihasini muhokama ham qildik. Qonun loyihasida juda jiddiy normalar va qoidalar belgilandi. Bir neçta holat böyiça javobgarlik aniq. Men öylaymanki, bu tez kunlarda mamlakat qonunçilik tizimiga kiritiladi va yil yakunigaça siz aytgan qonun qabul qilinadi”, deydi uyuşma raisi Olimjon Ösarov. 

Uyuşma raisi sözida davom etarkan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 noyabr kuni inauguratsiya marosimida ham jurnalistlarga nisbatan bosim va tazyiqlarga töxtalib ötganini esladi. 

“Amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qiliş, tsenzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş, materiallar va texnik vositalarni ulardan ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş harakatlari sodir etilgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barça jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida böladi”, degan edi Prezident öz nutqida. 

Özbekistonda bir neça yillardan buyon, söz va matbuot erkinligi haqida bot-bot gapirilmoqda. Şunga qaramay, jurnalist va tasvirçilarga nisbatan tazyiq va böhtonlar yildan yilga avj olib boryapti. Tasvirçilarning kamerasi sindirilgani, fleşkalari yutib yuborilganiga ham guvoh böldik. Senat va boşqa taşkilotlar tomonidan har qança munosabat bildirilmasin, iş nazoratda ekani aytilmasin, OAVga bosim qilgan, faoliyatini çeklaşga uringanlarga qatʼiy çoralar körilmas, jazo berilmas, jurnalistlar daxlsizligi taʼminlanmas ekan matbuot anjumanlari ötkazib söz erkinligi haqida gapirişning mantiği bölmaydi.

Özbekistonda matbuot va söz erkinligiga nisbatan talab va uni taʼminlaşga bölgan harakatlarga xos ravişda jurnalistika kasbi bilan boğliq xavf darajasi keskin kötarilib bormoqda. Xususan, joriy yilning avgust oyida QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova “Tashkent city” hududidagi restoranlar Özbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarorini pisand qilmay, 20:00 dan keyin ham faoliyat yuritayotgani haqidagi tanqidiy-tahliliy reportaj tayyorladi va bu beboşlik jamoatçilikning haqli eʼtirozini keltirib çiqardi.

Reportaj ommaga taqdim etilganidan bir kun ötar-ötmas, ijtimoiy tarmoqlarga Feruza Najmiddinovaning nomini bulğovçi, heç qanday asosga ega bölmagan nomaqbul video sizdirildi. Videoda köp qavatli uyning balkonida işqiy munosabatda bölayotgan ayol va erkak aks etgan bölib, video qahramonlarini tanib oliş juda qiyin. Şunga qaramay, uşbu videoning boşiga jurnalist Feruza Najmiddinovaning iş faoliyati davomida tuşgan suratlari joylaştirilib, montaj qilingan va göyo nomaqbul video qahramoni jurnalist Feruza Najmiddinova ekani yozilgan. Haqiqat qaror topdi va bu video qahramoni Feruza Najmiddinova emasligi tasdiqlandi. 

Garçi, 3 oy oldin QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaning şanini toptaş, uni obrösizlantiriş maqsadida qilingan tuhmat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölsa-da, hali hanuz aybdorlar topilgani yöq, mutasaddilar esa hamon jim.

Bu kabi tuhmat toşi KUN.UZ jurnalisti Rahmatilla Isroilovga ham otilgan edi. “Jurnalist mendan 1 gektar yer berişni söradi”, deb tuhmat qilib, qilmişi uçun jazosiz qolgan mansabdor yodimizda. Iş sudga topşirilgan edi. Ammo, Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobov KUN.UZ muxbiriga tuhmat qilmagan, deb topilgan. Lekin jurnalistning yer söragani ham isbotsiz qolgan. Pokuratura Vahobovning tuşuntirişidan boşqa birorta dalil bölmasa-da, jurnalist mansabdordan 1 gektar yer maydonini söragan, deb topgan.

Açinarlisi, qarorda uşbu holat aynan nima bilan tasdiqlangani, Rahmatilla Isroilov Abdurasul Vahobovdan aynan qaçon va nima maqsadda yer söragani, buning evaziga qança miqdorda pul (pora) taklif qilgani tafsilotlari bayon etilmagandi.

Qolaversa, KUN.UZʼning yana bir jurnalisti Ilyos Safarov davlat tili töğrisidagi qonunçilikka amal qilişni talab qilib boşi baloga qolganini aytadi. Gap şundaki, jurnalist Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötgan brifingda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Yelena Babenkoning rus tilida taqdimot qilganiga eʼtiroz bildirib, undan “Davlat tili töğrisida”gi qonun böyiça özbek tilida çiqiş qilişini söraydi. Sababi qonunda ham davlat tadbirlari va konferentsiyalar davlat tilida ötkazilişi belgilangan.

“Aynan şu kundan keyin, bir hafta körmagan kunim qolmadi. Şunçalik bosimlar böldiki, hatto, oilamga ham tahdidlar böldi. Nima desam ekan, “Singling, otang, onang, ukang bor. Ularning qayerda işlaşi, qayerda öqişini bilamiz. Ularning tinç bölişini xohlasang, özing ham bu mavzuda tinç yur, degan tahdidlar böldi”, deydi Safarov.

Jurnalistlarga tahdid bilan boğliq yana bir holat AZON.UZ tahririyati sobiq boş muharriri Abdulaziz Muborak bilan yuz bergandi. U ham öziga nisbatan Din işlari böyiça qömita mutasaddilari bosim qilganini yozgandi. 

×