Tezkor: EFFECT.UZ xodimi Farğonada jiddiy hujumga uçradi​

Tezkor: EFFECT.UZ xodimi Farğonada jiddiy hujumga uçradi​

Bugun, 13 may kuni soat 19:00 larga yaqin EFFECT.UZ sayti xodimi Ğiyosbek Eşov Farğona viloyatining Quva tumanida jiddiy hujumga uçradi. Bu haqda EFFECT.UZ muxbiri Elyor Tojiboyev tahririyatga video murojaat orqali maʼlum qildi.

Muxbirning aytişiça, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaatini örganilgandan söng sodir bölgan.

Video: Effect.uz

“Quva hokimligidan çiqdik va Farğona şaharga qaytayotgan vaqtda operator özining maşinasida bizdan oldinlab ketgandi. Birozdan söng operatorning qönğiroğidan söng, uşbu holat sodir bölganidan xabar topdik. Biz orqadagi maşinada edik.

Bu işni kim qilgani bizga aniq emas, ammo nega biz bilan bunday holat sodir bölganini ayta olişimiz mumkin. Maşinaning oynalari sindirilgan, operator kaltaklanib, köziga gaz sepilgan. Hozirda uning közlari yaxşi körmayapti. Nomaʼlum şaxslar kamerani olib qoçişgan”, deydi EFFECT.UZ muxbiri Elyor Tojiboyev.

Maʼlumot uçun, sönggi kunlar davomida Özbekistonda jurnalistlarga tahdid qiliş holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Masalan, avvalroq EFFECT.UZ saytini tanqidiy maqola uçun iş faoliyatidan çeklab qöyişgan bölsa, aynan şu kunlarda Farğonada yana bir ayol jurnalistga hokimiyat odami taşlangani xususida maqola va videolarga guvoh böldik.

Bundan taşqari, Human.uz sayti jurnalisti Xurşid Daliyev ham Toşkent viloyati hududida IIO va YPX xodimlari tomonidan bosimga uçradi.

×