Farğonada soxta YPX xodimi qölga tuşdi

Farğonada soxta YPX xodimi qölga tuşdi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Farğona viloyati boşqarmasi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda fuqaro M.X. va boşqalar özaro til biriktirib, fuqaro M. sotib olmoqçi bölgan «Ural» rusumli yuk avtotransport vositasini qayta jihozlaş orqali «Zil» rusumiga özgartirib, hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, M.X. özining nomiga Farğona viloyati IIB pensioneri hamda viloyat YHXB yöl posboni soxta guvohnomalarini tayyorlab olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora beriş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Kuni keça Quva tumanida YPX inspektori pora olgani uçun qoçgani aks etgan video tarqalgandi. 

×