Farğonada içki işlar xodimi qöşmaçi ayoldan pul va jinsiy aloqa söradi

Farğonada içki işlar xodimi qöşmaçi ayoldan pul va jinsiy aloqa söradi

Farğonada içki işlar xodimi qöşmaçi ayoldan pul va jinsiy aloqa söradi. Bu haqda Jinoyat işlari böyiça Farğona tuman sudining raisi Farruh Abduraimov xabar qildi.

Maʼlum bölişiça, şu yil 19 aprel kuni ötkazigan tezkor tadbirda Farğona şahridagi uylarning birida fohişalik qilişga şaroit yaratib bergan, avval odam savdosi böyiça sudlangan ayol uşlangan. Uni uşlaş jarayonida iştirok etgan içki işlar xodimi keyinçalik uşbu ayoldan tergov jarayonida qamoqqa olinmasligi uçun tergovçi bilan gaplaşib berişini, buning haqqi 2 ming dollar bölişini aytadi. Şundan söng xodim ayol bilan navbatdagi uçraşuvda uni yoqtirib qolganini aytib, jinsiy aloqa ham taklif qiladi. Ayol uşbu şartga könadi va içki işlar xodimi bilan köngilxuşlik qilib yuradi.

Xodim şu yil 1 maydagi uçraşuvda tergov 3 oy, sud jarayoni ham 2 oyça davom etişini aytib, agar uşbu vaqt orasida ayol homilador bölib qolsa sudda unga ança yengil bölişini aytadi. Şundan söng ayol xodimning harakatlaridan şubhalana boşlaydi va bu haqda DXXga murojaat qiladi.

2020 yil 3 may kuni ayol xodimga avval aytilgan pulni berişini aytib oldiga çaqiradi va xodim xizmat maşinasida aytilgan pulning 1500 dollarini olayotganda uşlanadi.

Farğona tuman sudining raisi Farruh Abduraimovning maʼlum qilişiça, xodimga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a”-bandi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, keyinçalik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

×