Farğonalik jurnalist Şarifa Madrahimova mahalliy hokimiyat va IIB bosimiga uçradi. Bu haqda jurnalistning özi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali maʼlum qilgan.
Aytilişiça, Uçköprik tumanida birlamçi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi taşkil qilingan. Şu munosabat bilan tuman hokimligi vakili tarmoq orqali bu haqda xabar berib, mahsulotlar narxi arzonligi taʼkidlaydi. Hokimlik masʼuli xabaridan taajjublangan Şarifa Madrahimova yarmarka ötayotgan joyga borib, muxtasar jurnalistik suriştiruv ötkazişga tuşadi. Şu jarayonda paydo bölgan va özini «tuman hokimining kotibi» ekanini aytgan Şohjahon Möydinov degan şaxs jurnalist faoliyatiga faol qarşilik körsatib, uning qölini qayirgan (!) holda uyali telefonini tortib oladi.
Şundan söng «şaxsini aniqlaş» vaji bilan jurnalist tuman IIBga olib ketiladi.
Şarifa Madrahimova «Human.uz» sayti muxbiri bilan video suhbatda uni tuman IIBda ikki soatdan köproq uşlab turişganini taʼkidlaydi. Bu vaqt mobaynida u tomonidan taqdim etilgan ikkita guvohnoma «jiddiy örganiladi» göyo. Yaʼnikim, avvaliga Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Farğona viloyati bölimi tomonidan berilgan aʼzolik guvohnomasining haqiqiy yoki soxtaligini aniqlaş uçun Muhammadjon Obidov (uyuşmaning viloyat bölimi rahbari) bilan boğlaniladi. IIB xodimiga tayanib, Ş.Madrahimovaning aytişiça, M.Obidov göyoki aʼzolik guvohnomasi haqiqiy emasligi va «jurnalistga qanday çora körsanglar köraveringlar!» mazmunida javob bergan (muhtaram Obidov öz imzosi va taşkilot muhri urilgan aʼzolik guvohnomasini qanday asoslarga köra «haqiqiy emas» degan mazmunda gapirgani – hozirça katta jumboq. Ikkinçidan, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi soha xodimlarining yagona birlaşmasi bölsa-da, uning Farğona viloyati bölimi mahalliy jurnalistlar uçun alohida aʼzolik guvohnomasi joriy etgani esa katta savol!). Ikkinçi hujjat – «Maʼrifat» gazetasi tomonidan berilgan xizmat guvohnomasi esa «Siz gazetada işlar ekansiz, demak, tasvirga olişga haqqingiz yöq» (?!) mazmunidagi gaplar bilan jurnalistga «huquqiy saboq» berişgan göyo.
Eng qiziği va... açinarlisi şundaki, «şaxsiga aniqlik kirtilgani»ga qaramay, Şarifa Madrahimova IIBda ikki soatdan köproq vaqt uşlab turilgan. Aytilişiça, uni qöyib yuboriş uçun «hokim kotibi» Ş.Möydinov va IIB xodimi Akmal Madrahimov (jurnalistga familiyadoş) «hokimning buyruğini» kutişgan! Bundan esa jurnalistni «qölga oliş» ham hokimning «fatvosi» bilan amalga oşirilgani anglaşiladi.
Yana bir eʼtiborli holatki, jurnalist «talaşib-tortişib», IIB binosidan çiqqaç, töğri yarmarka taşkil etilgan joyga boradi. Biroq ötgan vaqt davomida «yarmarka tugab», sotuvçilar tarqatib yuborilganiga guvoh böladi.
Mana sizga Farğonaning Uçköprik tumanidagi ahvol!
Jurnalist «Human.uz» saytiga bergan intervyusida yuz bergan holat yuzasidan heç qayerga murojaat etmasligini bildirar ekan, buni «ortiqça sansalorlikka vaqtim yöq» mazmunidagi gaplari bilan izohlaydi.
...Uşbu maqolani çop etişdan avval «Xabar.uz» muxbiri Boş prokuratura bilan boğlandi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov holatdan xabardor ekanini aytib, masalani xolis va qonuniy örganiş uçun Farğona viloyati prokuraturasiga topşiriq berilganini bildirdi.
Kutamiz.









