“Kamera kötargan maymunlar” – EFFECT.UZ xodimlari hokimiyatdagi haqorat va jiddiy hujum haqida gapirişdi

“Kamera kötargan maymunlar” – EFFECT.UZ xodimlari hokimiyatdagi haqorat va jiddiy hujum haqida gapirişdi

Joriy yilning 13 may kuni Effect.uz internet-naşri xodimi Ğiyosbek Eşov bilan Farğona viloyati Quva tumanida sodir bölgan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab böldi.

Hodisa keçki soat 19:00 ga yaqin Effect.uz muxbiri Elyor Tojiboyev hamda operator Ğiyosbek Eşov Quva tumani hokimligi binosidan çiqib, Farğona şahriga qaytayotgan vaqtda sodir bölgan. Internet-naşr xodimlari tuman hokimiyatga nogiron ayolning murojaatini örganiş maqsadida izoh oliş uçun borişgan edi.

Hokimiyat binosida janjal yoki ziddiyatli holatlar kuzatilmagan. Köp yillardan beri yeçimi topilmagan muammo yurist-jurnalist Elyor Tojiboyevning olib borgan jurnalistik suriştiruvi natijasida nogiron ayol foydasiga qondirilayotgan edi. Hokimiyat vakillari esa bundan norozi kayfiyatga tuşib qolgan. Hatto norozilik kayfiyati OAV xodimlarini “kamera kötargan maymunlar” deya haqorat qiliş darajasigaça yetib borgan.

Bu bilan Effect.uz xodimiga qilingan hujum hokimiyat “buyurtmasi” bölgan deyişdan yiroq… Yuqorida şunçaki, hodisagaça bölgan jarayonlar tafsilotini keltirib ötdik. Mazkur iş kimga kerak bölgani, kimning buyurtmasiga köra sodir etilgani atrofida aylanayotgan miş-miş, taxminlarga voqealar jarayonini nazoratga olgan Boş prokuratura hamda IIO xodimlarining oqilona xulosasidan söng yakun yasaladi degan umiddamiz.

Operatorning şaxsiy maşinasini toş bilan urib, sindirgan, köziga yoşlantiruvçi suyuqlik modda sepib, maşinada bölgan tahririyat mulki – videokamerani olib qoçib, ustiga-ustak videokamera fleş-kartasida mavjud bölgan hokimiyat binosida yozib olingan videolavhalarni öçirib yuborişga heç kimning haqqi yöq edi…

Voqeaning kiçik “qahramonlari” bölgan 4 nafar şaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan öşa kunning özida qölga olindi. Mazkur holat böyiça U.Ismoilov, O.Azaliyev, M.Xusanov va S.Raimjonovlarning harakatlarida talonçilik, yaʼni bir guruh şaxslar tomonidan oldidan til biriktirib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş jinoyat alomatlari mavjudligi sababli ularga nisbatan 14 may kuni IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi va O.Azaliyev, M.Xusanov va S.Raimjonovlar JPKning 221-moddasi tartibida uşlab turilibdi. Uşbu şaxslarning ikki nafari Quva tumani, yana ikki nafari Andijon viloyati Asaka tumanidan.

Maʼlumot uçun, EFFECT.UZ xodimi bilan sodir bölgan noxuş holat Özbekistonda 20 ga yaqin internet-naşrlarda yoritildi. Telegram messenjerida 50 ga yaqin kanallarda tarqaldi, bundan taşqari, bloger, jurnalistlar öz sahifalarida hodisa bilan ulaşdilar. Şuningdek, jahon ommaviy axborot vositalari hamda nohukumat taşkilot “Human Rigts Watch” (“Inson huquqlari himoyaçisi”) ham hodisani jurnalistga uyuştirilgan hujum sifatida eʼtibordan çetda qoldirmadi.

Quyidagi videoda EFFECT.UZ internet-naşrining Farğonadagi muxbiri Elyor Tojiboyev hamda jabrlanuvçi sifatida qayd etilgan operator Ğiyosbek Eşov boşidan ötkazganlari haqida bloger Maşhur Nazarovga maʼlumot bergan:

×