Içimlik suvidan foydalanuvçi aholi va barça turdagi isteʼmolçilarga Aziz hamyurtlar!

Içimlik suvidan foydalanuvçi aholi va barça turdagi isteʼmolçilarga Aziz hamyurtlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş va karantin joriy etilişi jarayonida, aholimizning uzluksiz sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi karantin şaroitida sohada viloyatimizda 2 minga yaqin işçi xodimlar tunu-kun öz xizmat vazifalarini fidokorona bajarib aholiga içimlik suvni uzluksiz yetkazib bermoqdalar.
Şu bilan birga hozigi kunda fuqarolarimizning aksariyat qismi öz uylarida bölganliklari sababli, içimlik suvi isteʼmoli sezilarli darajada oşdi.
Uşbu vaziyatdan aholimiz tomonidan, içimlik suvidan suğoriş va boşqa noqonuniy maqsadlarda extiyojdan ortiq darajada foydalaniş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, hududlarda içimlik suvini yetkazib beriş xizmatlarining samarali taşkil etilişiga öz salbiy taʼsirini ötkazmoqda.
Buning oqibatida, viloyatimizning şahar va tumanlar hududidagi köp qavatli turar joylarni yuqori qavatiga va markaziy tarmoqdan suv oluvçi çekka hududlarimizga içimlik suvi yetib bormasligi va şu kabi bir qator ijtimoiy muammolar keltirib çiqarib, içimlik suvini taqsimlanişi va taʼminotini sezilarli darajada izdan çiqişiga sabab bölmoqda.
Bugungi kunda Suvinspektsiya xodimlari joylardagi “Suvtaʼminot” korxonalari xodimlari va matbuot xizmatlari bilan birgalikda, hududlarda içimlik suvini ekin maydonlarini suğoriş maqsadlarida foydalaniş holatlarini aniqlaş va ularni bartaraf etiş maqsadida, “Içimlik suvini isrof qilmaylik!” şiori ostida doimiy ravişda tadbirlar ötkazilişi xamda noqonuniy foydalanuvçilarga nisbatan tegişli tartibda çoralar körilişi belgilangan.

Hurmatli nuroniylar, mahalla faollari, taʼlim muassasalari, korxona-taşkilotlar rahbarlari, keng jamoatçilik vakillari!

Hayotning bir haqiqati bor: Kim nimani xor qilsa, öşanga zor böladi. Ayniqsa suvni isrof qilib bölmaydi. Suv – bu sayyoramizning asosiy tabiiy boyligi hisoblanadi. Suvni biz içamiz, kundalik ehtiyojlarimiz uçun işlatamiz, lekin hozirgi vaqtda içimlik suvining dunyo böyiça tanqisligini xayolimizga keltirmaymiz.
Tejamkorlikni suvning xar bir tomçisida boşlamoq kerak. “Toma-toma köl bölur”, deb xalqimiz bejizga aytişmagan. Ming yillar davomida suv özbek xalqi uçun faqat moddiy farovonlik omili bölibgina qolmay, ayni çoğda maʼnaviy yuksaklik timsoliga ham aylangan.

HURMATLI HAMYURTLAR!

Bugungi kunda viloyatimizdagi fuqarolar va barça soha vakillari tomonidan koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşda yordam qölini çözişga harakat qilinayotgani, şuningdek, nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo oldida turgan körinmas yov bilan kuraşda, ne-ne zahmatlar va mehnatlar orqali yetkazib berilayotgan içimlik suvini asrab avaylaş, undan oqilona foydalaniş va isteʼmol qilingan içimlik suvi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş orqali öz hissamizni qöşsak ayni muddao böladi.
Bu esa, öz navbatida, el-yurtimiz farovonligi va xalqimizni toza içimlik suvi bilan taʼminlaniş darajasini yaxşilaş, kelajak avlodlarimizga toza va sifatli içimlik suvi yetib borişida, şuningdek, içimlik suv yetkazib beriş xizmatlarini yanada takomillaştirişda muhim ahamiyatga ega.
Suv – hayot manbai, uni uvol qilişga haqqimiz yöq. Uning har tomçisini avaylasakkina yurtimizni tökin soçinlik, hayotimizni farovonlik tark etmaydi.

Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Suvinspektsiyaning Namangan hududiy inspektsiyasi

×