Içimlik suv haqida miş-miş va haqiqat

Içimlik suv haqida miş-miş va haqiqat

Suv biznesi har yili öz aylanma mablağini 10 foizga köpaytirib bormoqda. 2020 yilga borib, qadoqlangan suv savdosi hajmi dunyo böyiça 280 milliard dollardan oşişi kutilmoqda, deb yozadi «Mir novostey» (2019 y. 38-son) haftanomasi.

Plastik idişlardagi içimlik suvni xarid qiliş nafaqat yuksak madaniyat belgisi, balki soğliq uçun ham foydali hisoblanadi. Ammo qadoqlangan suv bizni işontirişayotganidek haqiqatan ham «toza»mi?

Hammasi şunday boşlangandi

Uşbu biznes juda kamtarona boşlangan. 1760-yillarda Bostonda «Jacksos Spa» degan nom ostidagi kompaniya göyoki «terapevtik» foydalaniş uçun şişalarga quyilgan mineral suv sotişni yölga qöydi. XX asrga qadar bu tijorat juda köp mamlakatlarda xlorlangan vodoprovod suvi paydo bölgunça muvaffaqiyatli rivojlandi. Deyarli har bir uyda bepul va toza içimlik suvi oqa boşlagaç, uni heç kim sotib olmay qöydi. Ammo şifobaxş buloqlardan çiqayotgan, salomatlik uçun foydali hisoblangan suvni bozorda paydo bölişi qadoqlangan suv biznesining joniga oro kirdi. Odamlar oddiy vodoprovod suvidan bir neça ming marta qimmat qadoqlangan suvlarni içayotganda bu krandan oqib yotgan suv ekanligini xayollariga ham keltirişmasdi.

1898 yilda frantsuz vraçi Lui Pere mahalliy buloqlardan mineral suvlarni Yevropaning eng yaxşi restoranlari va mehmonxonalariga yetkazib berişni yölga qöydi. Bu juda kamtarona bölsa-da, istiqbolli biznes edi. Ammo 1946 yilda tadbirkor-tijoratçi Gustav Leven «suv» kompaniyasini sotib oldi va Perrier brendini yaratdi hamda bir neça yil içida frantsuz bozorining yarmini egallab oldi. 1970 yilga kelib Perrier Yevropada savdoda yetakçi böldi va muvaffaqiyat bilan Amerika savdo rastalariga çiqdi.

Suvdan «holva»

Bunday savdoning siri nimada? Hamma gap Gustav Levenning oddiy odamlar gölligidan foydalanişi va reklama siyosatini öylab topganida edi. U Perrier – muvaffaqiyatga erişganlar uçun çinakam «obi zamzam» ekanligiga xaridorlarni işontirdi. Bu esa natijasini uzoq kuttirmadi: AQŞda faqatgina 1975 yildan 1978 yilgaça frantsuz mineral suvini sotiş 2,5 milliondan 75 million şişaga yetdi. Albatta, qadoqlangan içimlik suviga asoslangan soğlom turmuş tarzining urfga aylanişi ham bunda muhim rol öynadi. Biroq şişadagi suvning vodoprovod suvi ustidan uzil-kesil ğalabasi 1990 yillarga töğri keldi.

Bu Pepsi-Cola, Coca-Cola va Nestle kabi ulkan industrial yuholar uşbu biznes bilan şuğullanişga kirişişi bilan röy berdi.

Köpçilikni suv biznesi neçoğlik rentabelli ekanligi qiziqtirişi tabiiy. Lekin işlab çiqaruvçilar buni oşkor qilişni istaşmaydi. Biroq ekspertlarning işontirişlariça, qadoqlangan suv savdosi restoran biznesi bilan bemalol raqobatlaşa oladi.

Qadoqlangan suv bugungi kunda şunçalik ommalaşganki, aql bovar qilmaydi. Hatto, uning krandagi suvdan örtaça 2000 marta qimmatligi ham heç kimni taşvişlantirmaydi. Ekspert baholari böyiça hozirda jahonda har yili şişada 460 milliard litrdan köp suv sotilyapti. Isteʼmolçi mamlakatlar örtasida Xitoy va AQŞ yetakçi hisoblanadi (tegişli ravişda yiliga 80 va 45 milliard litr).

Kimning tegirmoniga suv quyayapmiz?

Şişadagi suvning soğliq uçun vodoprovod suvidan heç ham foydali emasligini allaqaçon anglaganmiz, ammo buni tan olgimiz kelmaydi. «Suv» bozorida istalgança çiroyli idiş va yorliqda qalbaki «obi zamzam»ni topiş mumkin. Bu haqda tabiat resurslarini himoya qiliş böyiça Amerika Kengaşi maʼruzasi eʼlon qilinganidan keyin maʼlum böldi. Unda aytilişiça, tadqiqotçilar tört yil davomida 103 savdo markasidagi şişa suvlaridan minglab namuna olib tahlil qilişgan. Natija barçani hangu mang qilib qöydi: har tört holatda şişadagi suv heç qanaqa işlov berilmagan oddiy suv bölib çiqdi. Buning ustiga içimlik suv qadoqlovçilarning yarmi özlarining mahsuloti «qöşimça tozalangan» oddiy vodoprovod suvi ekanligini tan olgan. 18 foiz işlab çiqaruvçilar esa özlarining «maʼdanli suv» manbalari joylaşgan joy haqida lom-mim deyişmaydi.

Yana qarangki, çanqoğini bosayotgan kişi qanaqa suv içayotgani, taʼmi qanaqaligini his etişga qobil emas ekan. Amerika televideniyesi xodimlari Kaliforniyadagi nufuzli restoranlardan birida qiziq test ötkazdi. Xörandalarga bitta vodoprovod kranidan şişalarga quyilgan, ammo yorliqlari har xil firmalarniki bölgan suvni taklif qilişdi. Suvlar göyoki frantsuzlarning maşhur «Le dyu Robine», Ispaniyaning «Agua de Kulo» yoki Braziliyaning tropik örmonlaridan olingan «tabiiy filtrlangan suvlar» edi. Buni qarangki, şişalardagi rang-barang yorliqlarga uçgan «sinovçilar» barçasidagi suv bir idişdan olinganiga qaramay, har kim özi içgan suv «mazali» ekanligi haqida bahslaşib ketişdi. Bir şişa «brend» suv narxi esa yetti dollar edi.

T.ŞOMURODOV tayyorladi.

×