Joriy yilning aprel oyida kuçli yoğingarçilik yuzaga kelayotganligi sababli, Şimoliy Farğona kanali hamda Katta Namangan kanallarida suvning loyqalik darajasi meʼyoridan bir neça marotaba kötarilib ketişi sodir bölmoqda.
Qizilrovot va Kuraşxona inşootlarida loyqalikni tindiriş quvvati kanaldan oqib kiruvçi loyqa suvni meʼyoriy körsatkiçgaça tindirib ulgurmaslik holati yuzaga kelmoqda.
Uşbu holatlar sababli, 14 aprel kuni ertalab soat 7:40 da Kuraşxona inşooti, 8:40 Qizilrovot inşooti orqali suv uzatiş töxtatildi.
Natijada, Uyçi va Çortoq tumanlari hududlarida, Namangan şahrining Gözal, Çamanzor, Oromgox, Paxlavon va Axsikent dahalari, J.Manguberdi, I.Karimov köçalarida, 1, 2, 3, 4, 5, 5a, 6-kiçik tumanlarda, Nurobod dahasi, Yelxon va Orzu mahallalarida içimlik suvi taʼminotida uzilişlar sodir bölmoqda.
Suv taʼminotida uziliş bölayotgan xududlarga maxsus içimlik suv taşuvçi avtotransportlarda içimlik suvi yetkazib beriladi.
Uşbu noqulayliklar qança muddat davom etişi hozirça nomaʼlumligi sababli, isteʼmolçilardan öz xonadonlarida mumkin qadar köproq içimlik suvi zahirasini yaratib borişlari söraladi.
Uşbu yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun “Namangan suv taʼminoti” MÇJ maʼmuriyati isteʼmolçilardan uzr söraydi.
“Namangan suv taʼminoti” MÇJ Axborot xizmati









