Yangilangan prognoz. Özbekistonda koronavirusga ertaroq barham beriladimi?

Yangilangan prognoz. Özbekistonda koronavirusga ertaroq barham beriladimi?

Bundan ikki hafta ilgari Özbekistondagi koronavirus boğliq vaziyat qaçon yakunlanişini matematik hisob-kitoblar orqali prognoz qilib körgan edik. Şundan keyin bitta "pandemiya tsikli", yaʼni 14 kun vaqt ötdi.

Uşbu muddat uçun qilgan prognozimiz qançalik töğri kelganini tahlil qilib, keyingi davr uçun taxminlarimizga özgartiriş kiritamiz.

26 aprel kuni amalga oşirgan hisob-kitoblarda "kasallik yuqiş koeffitsiyenti" sifatida 0,9% olingan edi. Şundan kelib çiqib, 27 aprel - 10 may oraliğida yurtimizda 730 kişidan kasallik aniqlanişi kutilgan edi. Baxtimizga, bu vaqt oraliğida kutganimizdan kamroq inson infektsiyaga çalindi — 549. Yaʼni "kasallik yuqiş koeffitsiyenti" 0,7 foizga tuşdi. Bu biroz bölsa-da quvonarli holat.

Aslida bu koeffitsiyent kamroq bölişi mumkin edi. Ammo çarter reys orqali Özbekistonga olib kelinayotgan hamyurtlarimiz evaziga sönggi kunda bemorlar soni oşdi.

Yangilangan prognoz. Özbekistonda koronavirusga ertaroq barham beriladimi?

Kasallik yuqiş koeffitsiyentini 0,7% deb olgan holda, qolgan davrlar uçun hisob-kitobni qaytadan amalga oşiramiz.

1) 11 may holatiga:
Hozir taxminan 40000 atrofida kişi karantinga olingan.
2) 11.05 - 24.05 oraliğida:
Ehtimoliy aniqlanişi mumkin — 280 bemor
Yana karatinga olinişi mumkin — 14000 - 15000
3) 25.05 - 08.06 oraliğida:
Ehtimoliy aniqlanişi mumkin — 105 bemor.
Yana karantinga olinadi — 5000 - 5500
4) 09.06 - 21.09 oraliğida:
Yakuniy bosqiçda 35-40 nafar bemor aniqlanadi, 1800-2000 odam karantinga olinadi va koronavirus töliq jilovlangan hisoblanadi.

×