Janubiy koreyalik texnogigant keyingi kunlarda bir neçta yangi smartfonni namoyiş etişga tayyorgarlik körmoqda. 91mobiles resursining yozişiça, şulardan uçtasini dekabrdayoq taqdim etişadi.
Manbalarga köra, bular – Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellaridir. Mazkur uçta bölajak bestseller yangi yilgaça Hindistonda rasman taqdim etiladi.

Galaxy S yoki Galaxy Note turkumi vakillarini, garçi arzonlaştirilgan versiyada bölsa ham, yilning söngida namoyiş etiş – Samsung’ga xos odat emas. Lekin bu kompaniya keyingi paytlarda kutilmagan yurişlar bilan ham bozorda özini körsatmoqda. Buning ustiga, kuni keça Galaxy S10 Lite modeli AQŞning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) sertifikatsiyasidan ham ötgan, yaʼni u sotişga tayyorlanib bölingan. Örta narx toifasidagi Galaxy A51 allaqaçon ommaviy işlab çiqarila boşlagan.
Bugungi kungaça unça köp tilga olinmagan yangi smartfonlardan biri esa Galaxy Note 10 Lite böladi. SM-N770F model raqamli bu qurilma Samsung’ning bu yilgi fabletlari orasida eng arzoni bölişi aniq.

Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellariga qanday narx belgilanişi hozirça nomaʼlum. Allaqaçon sotuvga çiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 sömdan boşlanuvçi narxlar evaziga xarid qiliş imkoni bor.









