Xomanaiyning öldirilişi Eron bilan ziddiyatga barham beradi – Netanyaxu

Xomanaiyning öldirilişi Eron bilan ziddiyatga barham beradi – Netanyaxu

Agar Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilsa, bu Eron va Isroil örtasidagi ziddiyatni kuçaytirmaydi, balki “bu mojaroga barham beradi”. Bunday fikrni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu keça, 16 iyun kuni Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

“Bizda bu rejim tomonidan yoyilgan yarim asrlik mojaro bor, u Yaqin Şarqdagi hammani dahşatga soladi. U Saudiya Arabistonidagi Aramco neft konlarini bombardimon qildi, hamma joyda terror, qöporuvçilik va sabotajni tarqatdi. Eron “abadiy uruş” istaydi, bu bizni yadro uruşi yoqasiga olib keladi. Aslida, Isroil buning oldini oladi, bu tajovuzga çek qöyadi va biz buni faqat yovuz kuçlarga qarşi turiş orqali qila olamiz”, degan Netanyaxu.

Jurnalistning Isroil haqiqatan ham Xomanaiyni nişonga oladimi yoki yöqmi degan savoliga Netanyaxu uning mamlakati “qilişi kerak bölgan işni qilyapti”, deb javob berdi.

Avvalroq “Reuters” agentligi amerikalik rasmiylarga tayanib, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroilning Xomanaiyni yöq qiliş rejasiga “veto qöygani” haqida xabar bergan edi. Agentlik suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Eron Amerika fuqarolariga töğridan töğri hujum qilmagunça, Vaşington bunday çoralarni maʼqullaşga tayyor emas.

Isroil Milliy Xavfsizlik Kengaşi rahbari Tsaçi Xanegbi xabarni “feyklar mamlakatidan olingan feyk” deb atadi. Öz navbatida, “The Wall Street Journal” isroillik mulozimga tayanib, Xomanaiyning Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyoti çoğidagi “Kötarilgan şer” hujumlaridan “immuniteti yöqligini” yozdi.

“Iran International” manbalariga tayanib xabar berişiça, Xomanaiy Isroil harbiy amaliyoti boşlanganidan bir neça soat ötib Tehron şimoli-şarqidagi yer osti bunkeriga panoh topgan. Bu manbalarga köra, Eron oliy rahbari bilan birga uning oila aʼzolari ham boşpanada. Naşrning qayd etişiça, Isroilga qarşi oldingi amaliyotlar çoğida – 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham – Xomanaiy uşbu bunkerdan panoh topgan.

Manbalardan biriga köra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylaşgan Maşhad aeroportiga Xomanaiy özini heç qayerda xavfsiz his qila olmasligini körsatiş uçun zarba bergan.

Bungaça Eron xalqaro manbalari Oliy rahbar idorasi rahbari örinbosari Ali Asğar Hijoziy Rossiya hukumati vakillari bilan vaziyat yanada yomonlaşsa, mamlakatni tark etiş imkoniyati haqida yaşirinça muzokaralar olib borayotganini daʼvo qilgan edi. Naşr manbalariga köra, Eronning boşqa yuqori martabali rasmiylari ham şunday kelişuvlarga ega.

“Kötarilgan şer” operatsiyasi va Eronning Isroilga javob zarbalari

13 iyunga ötar keçasi Isroil Erondagi nişonlarga, jumladan Tehrondagi obʼektlar va yadro markazlariga kuçli zarbalar bera boşladi. Bu zarbalar keyingi uç kun davomida davom etdi. Oqibatda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Muhammad Bağiriy va boşqa bir qator yuqori martabali generallar, şuningdek, yadroşunos olimlar halok böldi.

15 iyun kuni Eron Soğliqni saqlaş vazirligi Isroilning zarbalari oqibatida 224 kişi halok bölganini maʼlum qildi.

Tehron Isroilning zarbalarini “uruş eʼloni” deb hisobladi va Isroilga yuzlab uçuvçisiz uçoqlar va ballistik raketalarni uçirdi. Ulardan baʼzilari Tel-Aviv va uning atrofidagi nişonlarga yetib borgan va qurbonlar bölgan. Xususan, 15-iyunga ötar keçasi Eronning Tel-Avivning janubiy çekkasidagi Bat-Yam şahriga bergan zarbasi oqibatida yetti kişi, jumladan, ikki bola halok bölgan, 100 dan ortiq kişi jarohatlangan.


Teglar:
×