Bugun AOKA huzuridagi ştabda Içki işlar vazirligi axborot xizmati rahbari Ş.Ğiyosov iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifing davomida “9-may bayrami yaqinlaşib kelmoqda, Xotira va qadrlaş kunida köpçilik ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilişga boradi. Har yili bu odat tusiga kirgan. Karantin davrida nima böladi? Qabristonlarga borişga ruxsat etiladimi”, degan savol bilan murojaat qilindi.
Ta’kidlanişiça, hukumat tomonidan, ilgari ötkazilişi rejalaştirilgan ayrim tadbirlarni, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlaş hamda şunga öxşagan tadbirlarni karantin talablaridan kelib çiqib, vaqtinça çeklaş böyiça qaror qabul qilingan.
“Karantin çeklovlari yumşatilib, uşbu turdagi marosimlar va bayram tadbirlariga ruxsat berilişi bilan, jamoatçilikka bu haqda zudlik bilan yetkaziladi.
Töğri tuşunib, karantin qoidalariga rioya etayotganingiz uçun minnatdorlik bildiramiz”, dedi Ş. Ğiyosov .









