Özbekistonda koronavirus may oyida butunlay tugaşi prognoz qilindi

Özbekistonda koronavirus may oyida butunlay tugaşi prognoz qilindi

Singapur Texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) tadqiqotçilari mavjud maʼlumotlar tahlili asosida dunyoda koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyatlar yakunlanişiga oid monitoring natijalarini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Unga köra, Özbekistonda koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat şu yilning may oyida yakun topişi taxmin qilinmoqda.

SUTD innovatsiyalar laboratoriyasi tomonidan çop etilgan hisobotga köra, Özbekistonda koronavirus epidemiyasi 2 may kuni 97 foizga, 8 mayda 99 foizga tugaydi. Uning batamom 100 foizga yakunlanişi esa 24 mayga töğri kelişi prognoz qilingan.

Qayd etilişiça, keltirilgan monitoring natijalari faqat tanişiş maqsadida taqdim etilgan bölib, xatolar bölişi mumkin. Şu sababli har qanday ijobiy prognozlar ham ehtiyotlik bilan qabul qilinişi lozim.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusdan soğayganlarning umumiy soni 892 nafarga yetdi. Virus aniqlangandan buyon qayd etilgan jami kasallaniş holatlari esa 27 aprel soat 10:00 holatiga köra, 1887 tani taşkil etmoqda. Özbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga çalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi.

×