Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)

Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)

Bugun mamlakatimizda Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi keng nişonlanmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizda ötkazilayotgan bayram tadbirlarida iştirok etmoqda. 

Davlatimiz rahbari 9 may kuni uşbu şonli sana munosabati bilan barpo etilgan Ğalaba boğiga taşrif buyurdi. 

Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)
Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)
Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)

Özbekiston xalqi Ikkinçi jahon uruşida ğalabani taʼminlaşga ulkan hissa qöşgan. Lekin bu jasoratni bor kölami bilan körsatib beradigan yaxlit majmua yöq edi. Ötgan yili Prezidentimiz ulkan boğ barpo etib, xalqimiz qahramonligini abadiylaştiriş taşabbusini ilgari surgan edi.

Şundan söng, ilmiy-ijodiy jamoatçilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-meʼmoriy kontseptsiya işlab çiqildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir neça bor tanişdi. Toşkent şahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan quriliş-obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. 

Ğalaba boği har biri alohida mavzuga ega bölgan ikki qismdan iborat. Birinçisida özbekistonliklarning janglardagi iştirokidan lavhalar, ikkinçisida front ortidagi respublikamiz hayoti aks etgan.

Prezidentimiz dastlab «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi. 

Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)
Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qöydi (FOTO)

Bu yodgorlik qandaydir badiiy obraz emas, unga hayotda bölgan voqea – möʼtabar ona va uning oilasi töğrisidagi haqiqat asos qilib olingan. 

Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qişloğida yaşagan Zulfiya aya Zokirova Ikkinçi jahon uruşida bir emas, beş öğlidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli aziz farzandlaridan judo bölgan. Uning tört kelini beva, beş nabirasi yetim bölib qolgan. Kelinlari ham Zulfiya ayadan örnak olib, öz oilasiga sodiq qolgan, boşqa turmuş qurmagan.

Ötgan yilgi Xotira va qadrlaş kunida davlatimiz rahbari Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan beş öğli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtaşam haykal örnatiş hamda unga “Matonat madhiyasi” deb nom beriş taklifini bildirgan edi. Bu taşabbusni jamoatçiligimiz qizğin qöllab-quvvatladi. Şu mavzuda maqolalar, şeʼrlar va badiiy film yaratildi. 

Bugun Ğalaba boğining markazida uşbu muazzam obida qad rostlab turibdi.  

– Bu Özbekistondagi barça onalarga qöyilgan haykal, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Uşbu yodgorlik butun xalqimiz uçun qutluğ ziyoratgohga, oila, muhabbat, vafo va sadoqat timsoliga aylanib qoladi. Bu yerga kelgan yoşlar millatimizning qonida bölgan fazilatlarni anglab, ularni qadrlab yaşaşga intiladi.

×