Bugungi kunda 1 kub metr içimlik suvi tannarxi Toşkent şahrida 448 söm bölgani holda Namanganda qariyb 3 ming sömni, Samarqand va Navoiyda 2 ming 600 sömni taşkil qiladi. Bu haqda 23 oktyabr kuni Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan hududlarda içimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yaxşilaş, oziq-ovqat ekinlarini ekiş masalalari böyiça yiğilişda aytib ötildi.
“Suv işlab çiqariş tannarxida elektr energiyasi uluşi respublika böyiça örtaça 27 foiz. Lekin Farğona, Namangan va Toşkent viloyatida bu körsatkiç yuqori”, degan u yiğilişda.
Davlat rahbari viloyat hokimlariga içimlik suvi tannarxini arzonlaştiriş vazifasini qöydi. Bunga suv korxonalari işlatadigan elektrning bir qismini “yaşil energiya”ga ötkaziş orqali erişiş mumkinligini aytib ötdi.
“Hozirda suv korxonalari 1 kilovatt-soat elektrni 900 sömdan sotib olmoqda. Quyoş stantsiyalarida işlab çiqarilgan elektr narxi esa örtaça 350-400 söm, yaʼni 2 barobardan ziyod arzon. Investorlarni jalb qilib, suv inşootlari atrofidagi böş maydonlarda quyoş panellari örnatiş mumkin”, deya taklif kiritgan Prezident.









