Mukofotlar topşirildi: Şavkat Mirziyoyev kimlarni taqdirladi? (FOTO)

Mukofotlar topşirildi: Şavkat Mirziyoyev kimlarni taqdirladi? (FOTO)

Prezident Şavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoşlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 28 dekabr kuni Köksaroyda mukofotlarni topşiriş marosimi böldi.

Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga özining yuksak ehtiromini bildirdi.

– Biz keyingi yillarda yaxşi anʼanani yölga qöyib, yurtdoşlarimizga mukofotlarni bayram kunida topşirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya şaroitida odamlarimizning soğliğini asraş uçun uşbu xayrli tadbirni biroz keyinga surişga töğri keldi. Ezgulikning keçi yöq, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz körişib, diydorlaşib turibmiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mukofotlar topşirildi: Şavkat Mirziyoyev kimlarni taqdirladi? (FOTO)

Hayotda xursandçilik bilan turli sinov va qiyinçiliklar yonma-yon yuradi. Bu yil koronavirus pandemiyasi butun insoniyat boşiga katta taşvişlar soldi. Xalqimiz bu kasallikka qarşi kuraşiş bilan birga boşqa sinovlarga ham duç keldi. Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kutilmagan ofatlar röy berdi.

– El-yurtimiz bu muammolar qarşisida sarosimaga tuşib qolgani yöq. Aksinça, qiyinçiliklar bizni yanada birlaştirdi, bir-birimizga mehrimiz ortdi. Murakkab vaziyatga qaramasdan, köpni körgan, azmu şijoatli xalqimizning fidokorona mehnati bilan bu sinovlarni mardona yengib ötyapmiz. Baraka hamjihatlikda, degan gap hayotimizda yana bir bor öz tasdiğini topdi. Pandemiya va global inqiroz oqibatlarini kamaytiriş böyiça körayotgan çora-tadbirlarimiz öz samarasini beryapti, – dedi Prezident.

Aholi soğliğini asraş, iqtisodiyotni rivojlantiriş va bunyodkorlik işlari jadal davom etayotgani taʼkidlandi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari barpo etilmoqda. Birgina şu oyda Toşkent metallurgiya zavodi, yangi metro yönalişi işga tuşirildi. Joriy yilda poytaxtimizda Bolalar milliy tibbiyot markazi, Ğalaba boği, Adiblar xiyoboni bunyod etildi. Barça viloyat va tumanlarda zamonaviy uy-joylar, yöl va köpriklar, yangi-yangi boğçalar, maktablar, madaniyat va sanʼat hamda sport maskanlari qad rostlamoqda.

Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yöl oçilmoqda. Davlat dasturlari asosida şahar va qişloqlarimiz, yurtimiz qiyofasi tobora obod bölib bormoqda. Mirişkor dehqon va fermerlarimiz paxta, ğalla va boşqa ekinlardan möl hosil yetiştirdilar.

– Biz bugungi natijalarga erişiş uçun pandemiya şaroitida – ğoyat murakkab bir vaziyatda iş olib bordik, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Buning uçun 2-3 karra köproq mehnat qilişga, izlaniş, yangi imkoniyat va resurslarni qidirib topişga töğri keldi. Avvalo, fidoyi şifokorlarimiz öz jonini garovga qöyib, xalqimiz soğliğini asraş uçun beqiyos jasorat va matonat körsatdilar. Bu borada Qurolli Kuçlar, Milliy gvardiya, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mard va jasur xodimlarining xizmatlarini alohida qadrlaymiz. Ayni vaqtda, bunyodkor quruvçilar, saxovatli tadbirkorlar, mahalla faollari, muhtaram nuroniylarimiz, navqiron yoşlarimiz, ilm-fan, madaniyat va sport sohasi vakillari el-yurtimizga haqiqiy tayanç va suyanç bölib maydonga çiqdilar. Har qanday sinovni birdamlik bilan yengib ötadigan xalqimiz mana şunday oğir kunlarda qudratli kuçga aylandi. Fursatdan foydalanib, sabr-matonatli, zahmatkaş, olijanob va fidoyi xalqimizga, uning buyuk qahramonligi uçun yana bir bor boş egib, taʼzim qilaman.

Mukofotlar topşirildi: Şavkat Mirziyoyev kimlarni taqdirladi? (FOTO)

– Dunyoda inson özini qaçon baxtli deb biladi? Buyuklik nimada? Elga halol, pok mehnat qilib, natijasi mana şunday mukofot bölganda. Bu yerda ötirganlar bugungi kunning qahramonlari, mardona xalqimizning buyuk vakillari, – deya taʼkidladi Prezident.

Tadbirda aytib ötilganidek, yurtdoşlarimizning fidokorona xizmatlarini munosib eʼtirof etiş maqsadida bu yil “Özbekistonda xizmat körsatgan geolog” faxriy unvoni, “Oliy Darajali Döstlik”, birinçi va ikkinçi darajali “Salomatlik” hamda “Faxriy murabbiy” ordenlari, “Soğlom turmuş” medali kabi yangi davlat mukofotlari taʼsis etildi.

Bundan taşqari, “Mehr-saxovat” kökrak nişoni joriy qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaşga hissa qöşgan qariyb 25 ming vatandoşimiz uşbu mukofot bilan taqdirlandi.

Ayni kunlarda joylarda yuzlab hamyurtlarimizga ana şu faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravişda topşirildi.

Davlatimiz rahbari mukofotlangan barça vatandoşlarimizga yiğilganlar nomidan tabrik yölladi.

Mukofotlar topşirildi: Şavkat Mirziyoyev kimlarni taqdirladi? (FOTO)

Şundan söng mukofotlar tantanali ravişda topşirildi.

Maʼlumki, Öqituvçi va murabbiylar bayrami arafasida jadidçilik harakati namoyandalari – Abdulla Avloniy, Mahmudxöja Behbudiy va Munavvarqori Abduraşidxonov “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Marosim avvalida ana şu mukofotlar maʼrifatparvar bobolarimizning nevaralariga topşirildi. Bunday ehtirom uluğ ajdodlarimizning ölmas merosi bugungi kunda ham qadrli ekanidan, xalqimizga beqiyos maʼnaviy kuç bağişlab kelayotganidan dalolat beradi. Ayni vaqtda, el-yurtimizning milliy uyğoniş va taraqqiyotga intilişi barqaror ekanini namoyon etadi.

Şuningdek, tibbiyot, iqtisodiyot, fan, taʼlim, adabiyot va boşqa sohalar namoyandalari, davlat va jamoat işlari faollariga mukofotlar topşirildi. Samarali faoliyati, vatanparvarligi va taşabbuskorligi bilan yoşlarga ibrat bölayotgani uçun Prezident ularga minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklarini izhor etdi.

– Hammamiz bugun yaxşi orzular va uluğ maqsadlar bilan, yangi yil ostonasida turibmiz. Biz barçamiz ahil va hamjihat bölib, xalqimizga sadoqat bilan mehnat qilib, yangi Özbekiston poydevorini yaratayotganimiz bilan faxrlanamiz. Dunyomiz tinç bölsin, bağrikeng va olijanob xalqimizni, jonajon Vatanimizni Olloh taolo hamişa öz panohida asrasin, – deya sözini yakunladi Prezident.

Mukofotlanganlar yuksak eʼtibor uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Marosimda davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, ziyolilar, yoşlar iştirok etdi.

×