Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Ğalaba boğiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlaş kuyi” yangradi. Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi.

Boğda Qurolli Kuçlar tizimiga kiruvçi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari ham jam böldi. Prezident ular bilan suhbatda mamlakat xalqiga tabriklarini yölladi.
“Bugun uşbu Ğalaba boğida turib, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni qutluğ ayyom bilan çin qalbimdan tabriklayman. Bunday damlarda qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodga olib, ularning jasorati oldida taʼzim qilamiz. Ularning tinçlik va ozodlikka bağişlagan serqirra hayot yöli kelgusi avlodlar uçun ötda yonmaydigan, suvda çökmaydigan buyuk merosdir”, – dedi davlat rahbari.
Bu majmua Ikkinçi jahon uruşida beş öğlidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bağişlab barpo etilgan. U özbek xalqining uruşdagi yöqotişlari, tinçlik uçun kuraşi timsoli sifatida boğ markazidan örin olgan. Şu maʼnoda “Matonat madhiyasi” uruşda öz bolasidan, öz yoridan judo bölgan barça onalar, barça ayollar şarafiga örnatilgan muazzam obidadir.









