Buxoro hokimi Karim Kamolov dafn etildi. Mirziyoyev marhumning qabrini ziyorat qildi (FOTO)

Buxoro hokimi Karim Kamolov dafn etildi. Mirziyoyev marhumning qabrini ziyorat qildi (FOTO)

Buxoro eli oğir judolikka uçradi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi, davlat va jamoat arbobi Karim Jamoloviç Kamolov 22 avgust kuni 65 yoşida vafot etdi. Marhum Buxoro şahridagi «Hazrati Imom» qabristoniga dafn etildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni bu yerga taşrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

Buxoro hokimi Karim Kamolov dafn etildi. Mirziyov marhumning qabrini ziyorat qildi (FOTO)

Özining 47 yillik faoliyati davomida Karim Kamolov çinakam rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan ulkan hurmat qozongani, Buxoroning har tomonlama rivojlanişi va obod bölişiga katta hissa qöşgani taʼkidlandi.

Karim Kamolov 1955 yil Buxoro şahrida tuğilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirib, mehnat faoliyatini quriliş sohasida boşlagan. 1994-2007 yillarda Buxoro şahri hokimi sifatida samarali mehnat qilgan. Mazkur davrda bu yerda mislsiz bunyodkorlik işlari amalga oşirilib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalar izçil rivojlandi. Şaharning 2500 yilligi keng nişonlandi, xalqaro festivallar muvaffaqiyatli ötkazildi. Qadimiy obidalar obod qilinib, turizm infratuzilmasi yaxşilandi.

Karim Jamoloviçning boy bilim va tajribasi 2007-2017 yillarda «20-trest» masʼuliyati çeklangan jamiyat raisi bölib işlagan paytlarida qöl keldi.

Oxirgi yillarda viloyatda yuz berayotgan keng miqyosli özgarişlar ham Karim Kamolov sermahsul faoliyati bilan boğliq böldi. U 2017 yildan Buxoro şahri hokimi, 2020 yil fevraldan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida mamlakatimizdagi islohotlarni amalga oşirişda fidokorona mehnat qildi. Xalq deputatlari viloyat va şahar kengaşlari aʼzolari qatorida hududning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim qarorlarni işlab çiqişga ham hissa qöşdi.

Karim Kamolovning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari munosib taqdirlanib, u «Döstlik», «Mehnat şuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Buxoro hokimi Karim Kamolov dafn etildi. Mirziyov marhumning qabrini ziyorat qildi (FOTO)
×