Bugun, 30 aprel kuni Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 2 nafar, jami 7 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 2 nafari ayol va bir nafar çaqaloq bölib, barçasi Toşkent şahridan. Ular koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoşi kattasi 57 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 2020 yil tuğilgan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (ayol) 37 yoşda bölib, Navoiy viloyatidan. U Moskva-Toşkent yönalişada çarter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Yana 1 nafari (ayol) 23 yoşda bölib, Toşkent şahridan. U koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Taʼkidlaş joizki, Toşkent şahrida şu paytga qadar 357 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 364 nafarga yetdi.
Şunday qilib, bugun 37 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar 1133 nafarni taşkil etmoqda.









