Soğliqni saqlaş vazirligi Namangan viloyatida koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan bemorlarning 20 nafari, Toşkent şahrida esa 31 nafari soğaygani töğrisida maʼlumot berdi.
Namangan viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida bugun koronavirus infektsiyasiga çalingan yana 20 nafar bemor butunlay soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barçasi Namangan şahridan bölib, 19 nafari koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan, bir nafari Turkiyadan kelgan. Bemorlarning 7 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoşi kattasi 67 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 5 yoşda. Samarali davolaş muolajalaridan keyin, sönggi tekşiruvlar ularning xastalikni töliq yengib ötganligini körsatdi. Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 23 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 43 nafarga yetdi».
Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida koronavirus infektsiyasiga çalingan navbatdagi 21 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Şifo topganlarning 8 nafari Rossiyadan Toşkentga kelişgaç, «Sokol» oromgohiga karantinga olingan, 1 nafari Frantsiyadan, yana 1 nafari esa BAAning Dubay şahridan kelgan. Ularda koronavirus infektsiyasi aniqlangaç, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan. Qolgan 11 nafari koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yutirib olgan.
Bemorlardan 11 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, Samarqand va Farğona viloyatlaridan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Toşkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 67 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 11 yoşda. Sönggi tekşiruvlar uşbu bemorlarda infektsiya yöqligini körsatdi.
Uşbu klinikada şu paytga qadar 29 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 50 nafarga yetdi.
Şuningdek, bugun Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan ham koronavirus infektsiyasiga çalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullar iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Soğayganlarning 3 nafari Moskva – Toşkent, 1 nafari Istambul – Toşkent yönalişida çarter reysda kelişgan va karantinga olingan. Qolgan 6 nafari esa koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 5 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafari Toşkentdan, 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ular orasida eng yoşi kattasi 62 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 11 yoşda. Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida şu paytga qadar 32 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 42 nafarga yetdi.
«Ahamiyatli tomoni, nafaqat koronavirus infektsiyasiga çalinganlar, balki butun aholining umid közlari şifokorlarda. Şunday jiddiy masʼuliyatni zimmasiga olgan tibbiyot xodimlari esa jasorat va şiddat bilan qahramonlarça koronavirus balosiga qarşi kuraşişga kirişib, samarali natijalarga erişmoqdalar. Hozirça bugungi kun davomida mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar soni 344 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Bugunning özida Özbekiston böylab 83 nafar bemor koronavirus infektsiyasidan butkul soğaydi va tuzalganlarning umumiy soni 344 nafarga yetdi.
Bundan oldinroq 14 aprel kuni Namangan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan bemorlardan biri, 73 yoşli erkak yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgani xabar qilingandi.









