Namangan viloyatida 17 nafar bemor töliq soğaydi va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, şifo topganlarning barçasi koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollardir. Bemorlarning barçasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan şahridan, 5 – Uyçi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqörğon tumanidan). Ular orasida eng yoşi kattasi 53 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 6 yoşda.
Namangan viloyati böyiça şu paytga qadar 72 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi.
Hozirda Respublika böylab koronavirus infektsiyasidan soğaygan bemorlar 1229 nafarni taşkil etmoqda.









