Buxoroda 50 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, soğayganlar 757 nafarga yetdi

Buxoroda 50 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, soğayganlar 757 nafarga yetdi

Buxoro viloyatidan bir yöla 50 nafar bemor soğaydi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Taʼkidlanişiça, bugun, 26 aprel kuni Buxoro viloyatidan bir yöla 50 nafar bemor töliq soğaydi. Bemorlarning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazidan çiqqan. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Şifo topganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan çarter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan.

Koronavirus infektsiyasi tasdiqlangaç, ixtisoslaşgan şifoxonaga joylaştirilgan. Ulardan 43 nafari erkak, 7 nafari ayol. Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan, 5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toşkent şahridan bölsa, Xorazm, Farğona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toşkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 59 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 5 yoşli qizaloq.

Buxoro viloyati böyiça şu paytga qadar 210 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 260 nafarga yetdi. Özbekistonda bemorlarning soğayib çiqişi böyiça Toşkent şahridan keyin eng yuqori körsatkiç Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Hozirda Respublika böylab koronavirus infektsiyasidan soğaygan bemorlar 757 nafarni taşkil etmoqda.

×