Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasida bir yöla 21 nafar bemor butkul soğaydi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Taʼkidlanişiça, Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan koronavirus infektsiyasiga çalingan 21 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullar iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.
Soğayganlarning 13 nafari çarter reys orqali Turkiyadan Toşkentga kelişgan bölib, “Botanika” sanatoriysi hamda Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan edi. Ularda koronavirus infektsiyasi tasdiqlangaç, Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida davolanişni boşlaşgan.
Qolgan 8 nafari esa koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Ulardan 13 nafari Toşkent şahridan, 6 nafari Toşkent viloyatidan, Farğona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 57 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 5 yoşda. Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida şu paytga qadar 11 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 32 nafarga yetdi.
Bugun Özbekiston böyiça koronavirus infektsiyasidan butunlay soğaygan bemorlar 36 nafarga yetib, jami 261 nafarni taşkil etmoqda.
Manba: Effect.uz









