Beixtiyor özimiz ham qöşilib ijro etardik: “Xudoyim öğil bersin beşigingizga!”
Bu galgi Ramazonning ilk iftori meni uzoq öyga toldirdi. Yaratganga şu muborak va sinovli kunlarga yetkazgani uçun şukur bildirib, fotiha öqidik. Avvallari dasturxon yiğiştirilmasidan odatda mahalla bolalarining quvnoq (borgan sari baland) ovozlari yangrardi.
Ha, barçamiz uçun qadrdon hamda beğubor damlarni yodga soluvçi bu xalq ijodiyoti qöşiği qutluğ oy kirib kelişi bilan qalblarimizdan joy egallardi. Onaxonlarimiz, opa-singillarimiz şomdan keyin eşik taqillatuvçi qöşnilarning farzandlariga atab non, turşak, qand-qurs, meva va boşqa yeguliklar tayyorlab qöyişardi, saxiy otalarimiz, aka-ukalarimiz esa ozroq pul ajratişardi.
Bugun iftorlik tugagaç, karantin tartibi xayolimdan kötarilib, şoşib darvoza tomonga qaradim. Bultur ayni vaqtlarda atrofdan katta-kiçik bolakaylarning ovozi eşitilardi. Endi esa hammadan köra ularga qiyin bölyapti, zerikişyapti, örtoqlari bilan öynolmayapti, deb dillab ötirganimda birdan 6 yoşli öğlim Ibratbek qölimni uşlab, “Dada, yuring, mana belboğ, Ramazon aytaylik!” desa böladimi. Darrov unga “Polvonim, vaziyatni körib turibsan-ku, köçaga çiqiş mumkinmas.
Xudo xohlasa, hayit bayramida qarindoşlarnikiga, şaharga, bozorga borişimiz uçun yaxşi niyat bilan duo qilaylik. Kel, menda zör taklif tuğildi, hozir narigi xonadagi bobong va buvinglarni hayratlantirib, oldilariga “Ramazon”ni kuylab aytib kiramiz”, deganimdan söng çehrasi oçilib, “Urra!” deya çopqillab ketdi. Ixçamgina belboğimizga yuqorida sanaganlarimizni qöşa-qöşa taşlaşdi, ularni hozir öğlim yoniga qöyib, xursand holda uyquga yotdi. Xullas, ikkimizning çiroyli maqsadimiz hosil böldi, kiçkintoyning nozik köngli kötarildi…
Baribir şoirning maşhur “Buyuk imtihon” şeʼri yana esimga tuşadi:
Kimsasiz köçalar, böm-böş boğlarda
Aççiq bir haqiqat kezar ohlarday.
Bolalar yayraşi kerak çoğlarda
Körgani hadikli dunyodir endi.
Sen – ne imtihondan omon ötgan xalq,
Boşidan ne yaxşi-yomon ötgan xalq,
Qoningdan qonimga imon ötgan, xalq,
Bir-birovga mehring şifodir endi.
Orifjon JÖRAYEV









