Karantinda saqlaş muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi

Maʼlumki, Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan şifoxonalarda va uy şaroitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil şaklda keçayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan çiqariş amaliyoti joriy etilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan Koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslarni karantinda saqlaşning quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibi joriy etildi: 

•    koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslar uy şaroitida karantinda saqlanadi;

•    karantinda saqlaş muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infektsiyasini aniqlaş böyiça test natijalari manfiy bölgan taqdirda karantindan çiqariladi;

•    test natijalari musbat bölgan taqdirda, bemorda koronavirus infektsiyasining klinik belgilari kuzatilsa, şifoxonaga joylaştiriladi, kasallik alomatlarsiz ötayotgan bölsa, uy şaroitida davolanişga ötkaziladi (uy şaroitida davolaşning imkoni bölmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolaşga ötkaziladi).

×