Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan oçib berilgan INNO Innovatsion öquv va işlab çiqariş texnoparkida yoşlar uçun “TechnoWays” texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi boşlandi. 24 noyabrga qadar davom etadigan mazkur tadbir iqtidorli yoşlarning öz ğoyalarini hayotga tatbiq etişiga kömaklaşişni maqsad qilgan.
Biz marafon haqida atrofliça maʼlumot oliş uçun tadbir taşkilotçisi Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qiliş va texnologiyalar transferi milliy ofisi boş direktori örinbosari Akbarxon Sobirxonov bilan suhbatlaşdik.
“TechnoWays” marafoni haqida batafsil sözlab bersangiz. Unda qatnaşiş yoşlarga nima beradi?
— Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşkil topganiga 4 yil tölyapti. Şu muddat davomida innovatsion, amaliy, grant, startap, tijoratlaştiriş loyihalariga katta miqdorda mablağ ajratib kelinmoqda. Kimlardir bu mablağlarni olişga erişyapti, kimlardir yöq. Tabiiyki, yaxşi loyiha yaratib, saralaş bosqiçlaridan ötganlar mablağga ega bölyapti, lekin baʼzi loyihalar juda xom, ular ustida hali köp işlaş kerak. Asosan şunday loyihalarni rivojlantirişga kömaklaşiş uçun “Technoways” texnologik rivojlaniş marafoni yölga qöyildi.

Bu yerda biz ğoyani qanday topiş, uning Özbekistonga keltiradigan foydasi, çet elda şunga öxşaş ğoyalarning bor-yöqligi böyiça tahlillar qilişga örgatamiz. Oddiy qölbola mahsulotlarni 15-20 mln söm berib, mahsulot körinişida olib çiqamiz. Bunday holatda startap yutiş, investorlarni jalb qiliş, loyihani hayotga tatbiq etiş oson böladi. Umuman, marafonni haqiqiy innovatorlarni yetiştiriş platformasi, deb atasak ham böladi.
Innovatsiya sözi şu darajada köp tilga olindiki, xalq orasida salbiy talqin qilina boşlandi. Odamlarimiz hayotini yaxşilaşda innovatsiyalar qançalik ahamiyatli?
— Aslida innovatsiyalarning maqsadi ham şu – odamlarning hayotini yaxşilaş. Sodda qilib aytganda, innovatsiya jamiyatga foyda, muallifga manfaat olib keladigan ğoyadir. Har qanday ğoya ham innovatsiyaga aylana olmaydi. Kimdir raketa ixtiro qildi, deylik. Lekin bu raketadan heç kimga foyda bölmasa, bu innovatsiya emas. Yaʼni, raketa yaratgan odam birdaniga Ilon Maskka aylanib qolmaydi.

Gap şundaki, innovatsiya yaratişdan, uni joriy qiliş qiyinroq hisoblanadi. “Technoways” marafonining eng asosiy maqsadi uşbu innovatsiyani yaratişda ham, joriy qilişda ham yoşlarga kömaklaşiş va yöl-yöriq körsatişdan iborat.
Nima uçun marafon poytaxtda emas, viloyatlarda taşkil etilyapti?
— Marafonni Toşkentda ötkazmayotganimizning sababi – deyarli barça nufuzli OTMlar poytaxtda joylaşgan, şuningdek, xorij OTMlarining filiallari faoliyat olib bormoqda. Lekin viloyatlarda bu borada qilinadigan işlar köp. Mana endi texnoparklar oçib, marafonlar ötkazişni boşladik. Butun respublikadan saralangan 100 nafar yigit-qiz bugun “Technoways”da iştirok etmoqda. Uning yakunida homiylar tomonidan eng yaxşi ğoya mualliflariga Dubai Expo-2020 körgazmasiga yöllanma taqdim etiladi. U yerda yoşlar butun dunyoda texnologiyalar qanday rivojlanayotganini körib kelişadi.
“Technoways” yoşlarga oid boşqa tadbirlardan nimasi bilan farq qiladi?
— Taʼkidlaş kerakki, bu - musobaqa yoki tanlov emas, yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan marafon. “Technoways” faqatgina ilm-fan va innovatsiyalarga yönaltirilgan. Master-klasslar “innovatsiya” nimaligini tuşuntirişdan boşlab, ğoyani hayotga tatbiq qilişgaça bölgan jarayonlarni qamrab oladi. Investorlarni jalb qiliş, marketing, elektronika, konstruktsiya, dizayn, 3D-max kabi yönalişlarda maşğulotlar olib boriladi. Innovatsiya yönalişi böyiça PR va marketing örgatiladi. Şuningdek, mentorlar tomonidan vazirlikda bölayotgan startap, grantlarda qatnaşiş jarayonlari töğrisida atrofliça maʼlumot beriladi.

Deylik, biror narsani ixtiro qilmoqçi bölgan oddiy talaba Innovatsiya vazirligiga kela oladimi?
— Albatta, vazirlik eşiklari barça yoşlar uçun oçiq. Muammo şundaki, köpçilik yoşlarimiz “ğoyam bor, pul beringlar”, deb keladi. Lekin biz “ğoyam bor, yönaliş körsatinglar”, deb kelişlarini istaymiz. Har bir bolaning iqtidori, harakatidan kelib çiqib, töğri yönaliş körsatsak, u mablağ oladigan darajaga ham yetib keladi. Masalan, kimdir elektromobil yasamoqçiman, pul beringlar, deb keladi. Lekin elektromobil yasaş oson iş emas. Uning butun boşli infrastrukturasi, tizimi bor. Biz marafon orqali mana şu jihatlarni yoşlarga yetkazişni niyat qilganmiz.









