Energetika vazirligi metan zapravkalarga gaz yetkazib beriş çeklanganini rad etdi

Energetika vazirligi metan zapravkalarga gaz yetkazib beriş çeklanganini rad etdi

Energetika vazirligi respublika böyiça metan zapravkalarga tabiiy gaz belgilangan talabga asosan yetkazib berilayotganini maʼlum qildi. Taʼkidlanişiça, metan gazning narxi ham oşgani yöq.


Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metan zapravkalarda navbatning uzayib borayotgani, bunga bir qator metan zapravkalarning yopiqligi sabab bölayotgani, mazkur vaziyat metan narxining oşişidan darak bölişi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi.

Vazirlik matbuot xizmatiga köra, barça metan zapravkalarga avgust oyi uçun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga köra, tabiiy gaz töliq yetkazib berilgan. Heç qanday çeklov kiritilmagan.

“Qaysidir metan zapravka öz faoliyatini vaqtinça töxtatib turgan bölsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boşqa bir omil tufayli bölişi mumkin. Şuningdek, avval taʼkidlaganimizdek, metan zapravkalarda sotiladigan bir kub gaz uçun belgilangan narx oşgani yöq”, — deyiladi munosabatda.

Eslatib ötamiz, aholi va boşqa toifadagi isteʼmolçilar qonunçilikda örnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oşirilişi haqida avvaldan ogohlantiriladi.

“Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oşirilişi holatlariga guvoh bölsangiz, Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining 1159 raqamli işonç telefoniga qönğiroq qilişingiz mumkin”, — deyiladi vazirlik xabarida.


May boşlarida Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi metan gaz zapravkalarida turnaqator navbatlar yuzaga kelayotgani, haydovçilar soatlab navbat kutişga majbur bölayotgani haqida xabar berilgandi. 

Teglar:
×