«Antiradar» uçun jarima qöllaniladimi? Şunday savol bilan «Mahalla» gazetasi muxbiri Toşkent şahar YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovga murojaat qildi.
— Töğri, dunyoning köplab mamlakatlarida radar-detektorlardan foydalaniş qatʼiyan man etilgan. Yevropaning aksar hududida haydovçi maşinada bunday moslamani saqlagani uçun jinoiy javobgarlikka ham tortilişi mumkin. Ammo Hamdöstlik davlatlari, jumladan, mamlakatimizda qabul qilingan qoidalarga köra bu moslamalardan foydalaniş taqiqlanmagan. Bu borada, asosan, radar-detektorlarning yöl harakati xavfsizligiga baʼzi ijobiy taʼsirlari inobatga olingan. Zero, bizning asosiy maqsadimiz qoidabuzarlikni aniqlaşgina emas, balki yöllarimizda baxtsiz hodisalarni imkon darajasida kamaytiriş hisoblanadi.
Xodimlarimiz tomonidan tezlikni aniqlovçi radarlar, asosan, yölning aholi punktlaridan ötgan qismlari, xavfli burilişlar va boşqa şu kabi hududlarga örnatiladi. «Antiradar» tezlikni belgilanganidan oşirib harakatlanayotgan maşina haydovçisini oldinda xavfli hudud borligidan ogohlantiradi. Natijada köplab baxtsizliklarning oldi olinadi. Agar şunda ham haydovçi tezlikni pasaytirmasa, tegişli ravişda jarimaga tortiladi. Şu örinda bugungi kunda jarimalar miqdori oşib borayotganini taʼkidlab ötiş joiz. Haydovçilar tezlikni oşirib, özlari va atrofdagilar hayotini xavfga qöygandan köra, qoidaga amal qilişgani maʼqul, — deydi Q.Xudoyberdiyev









