Içki işlar vazirligi axborot xizmati tomonidan «bosar-tusarini bilmay qolgan deputat» deya eʼlon qilingan videolavha qahramoni tergovga tortiladigan böldi baribir. Şu bilan bir neça kundan beri jamoatçilik eʼtiborida turgan mojaro biroz tanaffus oladiganga öxşaydi.
Maʼlumingizkim, xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati T.M. göyoki profilaktika inspektorining telefonini sindirib, boşqa xodimning pogoni va xizmat kökrak nişonini yulib olganiga oid holat böyiça prokuratura Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatgandi.
Biroq şahar prokurorining taqdimnomasi (deputatni jinoiy işga jalb qiliş va unga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasini qöllaş haqida) mahalliy kengaş qarorlari bilan avval qisman qanoatlantirib, keyin batamom rad etilişi ortidan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari «dam yeb» qolgandi.
Şundan söng Namangan viloyat prokurori tomonidan ayni masalada xalq deputatlari viloyat kengaşiga taqdimnoma kiritilgani haqida öquvçilarni voqif etgandik.
Keça bölib ötgan ötgan xalq deputatlari viloyat kengaşi majlisida Namangan viloyati prokurorining taqdimnomasi muhokama qilinib, deputat T.M.ning jinoyat işiga jalb etilişiga rozilik bildirildi. Taqdimnomaning «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasini qöllaş qismi esa rad etildi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga maʼlum qilgan Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov alohida qayd etdiki, tergov jarayonida Içki işlar xodimlarining xatti-harakatlari ham örganilib, tegişli tartibda huquqiy baho beriladi.
Eslatib ötamiz, keça «bosar-tusarini bilmagan», deya tilga tuşib ulgurgan deputatning özi ijtimoiy tarmoq orqali voqelik yuzasidan uzr sörab çiqqandi.
Manba: Xabar.uz









