Qirğiziston parlamentining deputati Dastan Bekeşev boş vazir Muhammedkaliy Abilgaziyevga murojaat qilib, “5 kanal” telekanalini sotiş lozimligi borasida taklif berdi. U imkon qadar tezroq “5 kanal”ni sotuvga qöyiş borasida hukumat rahbariga maktub yöllaşini bildirdi.
“Sönggi vaqtlarda biz “Azattiq” jurnalistik suriştiruvini eʼlon qilişi bilan “5 kanal” sahnaga çiqib qolayotganiga guvoh bölyapmiz. Bu davlat kanali, u erkin matbuotni tanqid qilişi kerak emas. Tanqid hukumat tomonidan bölayotgandek tuyulmoqda. Mazkur kanal bizga kerak emas, deya hisoblayman, biz kanalga bir tiyin ham bermaymiz, uni sotuvga qöyiş kerak. Ertagayoq men boş vazirga maktub yozib imkon qadar tezroq kanalni sotuvga qöyişi borasida taklif beraman”, dedi deputat.
Maʼlumot örnida, “5 kanal” 2005 yilda “KOORT“ telekanali bazasida taşkil etilgan. 2010 yilda Muvaqqat hukumat dekretiga binoan telekanal davlat ixtiyoriga olingan.
2011 yilda telekanal yopiq aktsiyadorlik jamiyati ekanligi töğrisida qonun qabul qilindi va telekanal parlamentniki böldi.
2018 yilda Dastan Bekeşev kanalni bu maqomdan mahrum qiliş va sotiş taklifini berdi.









