Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Liberal-demokratik partiyasidan bölgan deputati Rasul Kuşerbayev Ortiqxöjayev işi böyiça munosabat bildirdi:
"Ayrim vakolatli va kuçli masʼullarning oçiqlik, söz erkinligini böğişga bölgan oçiqça qarşiligi, bosimi, haqoratlarini eşitib bu yurtda Konstitutsiya, qonunlar faqatgina oddiy fuqarolar amal qilişi şart bölgan hujjatlar xolosmi, degan xavotir paydo bölyapti. Balki oşirvorgandirman, biroq bori şu.
Yaqinda bergan salomim örniga "pogon"li bir şaxsdan "şakal" sözini qabul qilib olganimda men suyangan qonunlarning ahvolini körib oçiqçasiga qörqişni boşladim. Qonunlarda taqiqlangan kamsitiş, haqorat, bosim, zöravonlik kabilar ayrim mansabdorlar, huquqni muxofaza qilişi kerak bölganlarning kundalik işiga aylanayapti. Çunki ularga kelganda qonun yöq.
Qonunlarimiz, işonçimiz, irodamiz, davlat rahbarining odil islohotlariga bölayotgan javob uçun qörqyapman.
Bolalar öz otalari har qanday paytda yöqolib qolişi, çökib ketişi va uyiga qaytmasligini bilmay eşikka qarab kutib ötiradigan jamiyat paydo bölib qolişidan qörqyapman. Qörqyapman..."









